Immobilizasiya
Immobilizasiya (lot. immobilisis — qimirlamaydigan, harakatsiz) — gavdaning shikastlangan yoki kasal qismini (odatda, qo’l-oyoq va umurtqa pog’onasini) qimirlamaydigan qilib qo’yish. Suyak singanda, chiqqanda, ta-yanch-xarakat a’zolarining yallig’lanish kasalliklarida (osteomielit, sil va b.), suyak va yumshoq to’qimaning turli ja- roxatlarida, shuningdek, operasiyadan keyin gavdaning tegishli joylarini ma’lum vaziyatda ushlab turish uchun I. qo’llaniladi. Shikastlanganda og’riqni kamaytirish, travmatik shok va infektsiya tushishining oldini olishda, bemorning tezda sog’ayib ketishida I. ning ahamiyati katta. Vaqtincha (transport) va doimiy (davolash) I. qilinadi. Vaqtincha I. suyak singanda va b. og’ir shikastlanish- larda birinchi yor-dam ko’rsatishning eng muhim vosita-sidir. Vaqtincha I. uchun maxsus shinalar (Detiriks, Kramer, bog- Danov va h.k.), shuningdek, qo’l ostida bor bo’lgan faner, taxta va b. materiallar (mas, taxtakach) dan foydalaniladi. Shi- nalash — vaqtincha I. ning asosiy turi hisoblanadi. Bemor kasalxonaga kelti- rilgandan so’ng vaqtincha I. doimiy I. b-n almashtiriladi (q. Suyak si-nishi, Suyak chiqishi). Davo I. si gips bog’lov, tortib qo’yish, ortopedik moslama, kor- set va b. yordamida kilinadi. Singan suyak bo’laklarini jarroxlik yo’li b-n birik- tirib qo’yish uchun maxsus vint, plastin- ka va b. qo’llaniladi. Taxtakachlash xam I. ga yordam beradi.