Inersial sanoq sistema
Inersial sanoq sistema — si -Nyutonning birinchi qonuni ba- jariladigan sanok, sistemasi. Bunda har qanday jism o’zining tinch holatini yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatini unga boshqa jism tomonidan ta’- sir ko’rsatilib, uning shu holatini o’zgartirishga majbur qilmagunicha sa- klaydi. Inersial sistemaga nisbatan to’g’ri chizikli va tekis harakatlanayotgan har qanday sistema ham inersial siste- ma hisoblanadi. Tabiat qonunlarining ifodalari turli I. s. eda bir xil ko’ri- nishga ega (q. Nisbiylik printsipi); moddiy nuqtaning tezligi yorug’lik tez- ligidan ko’p marta kichik bo’lganda uning turli I. s. s.ga nisbatan harakatlari orasidagi boglanish Galiley almashti- rishlari b-n, tezligi yoruglik tezligiga yaqin hollarda esa Lorents almashtirish- lari b-n ifodalanadi. Har qanday yakkalangan sistemani I. s. s. sifatida qabul qilish mumkin. Ammo tabiatda tashqi ta’sirlardan xoli mutlak, yakkalangan sistema mavjud bo’lmagani uchun I. s. s. ideallashtiril- gan mavhum tushunchadir. Amalda I. s. s. sifatida taqriban er, Kuyosh, galaktika markazi yoki tekis harakatlanayotgan po- ezd qabul qilinadi va ularga nisbatan jismlar harakati o’rganiladi. Mac, OS- mon mexanikasi va kosmonavtika masa- lalarini hal qilishda I. s. s. sifatida, asosan, Quyosh massasining markazi qabul qilinib, ularning o’k/1ari uchta yulduz- ga qaratiladi. Ko’pgina masalalarni hal etishda I. s. s. sifatida er qabul qilingan. Shunday qilib, turli moddiy sis-temalar turlicha darajada inersial- dir. Sanoq sistemalarining inersi- alligi masalasi fizik maydonlarni hisobga olish zarur bo’lganda murakka- blashadi. Darhaqiqat, nisbiylik naza- riyasi shuni ko’rsatadiki, gravitasiya maydoni hisobga olinganda butun fazo- da I. s. s. mavjud emas; lekin kichik vaqt oralig’ida va fazoning etarli dara-jada kichik sohasi uchun lokal — gali-Ley I. s. s. kiritilishi mumkin. I. s. era nisbatan tezlanishli harakatlanayotgan sistemalar noinersi- aldir. Harakatni tavsiflash uchun Noi- nersial sanoq sistemalari tanlanganda- gi nazariya umumiy nisbiylik nazariyasi deyiladi.