Global muammolar

Global muammolar — umum- ba shariy hayot va taraqqiyot b-n bog’liq hoz. zamon muammolari.Ular jumlasi- ga jahon termoyadro urushining oldini olish, xalqaro terrorchilikka qarshi kurash va barcha xalqlar uchun tinchlikni ta’minlash; rivojlangan va rivojlana- yotgan mamlakatlar o’rtasida ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyot darajasidagi tafo- vutni bartaraf etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish, rivojlanayot- gan mamlakatlarda aholining tez sur’- atlar b-n ko’payayotganligini tartibga solish, atrof muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish; insoniyatni kerakli resurslar — oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi, ener- giya manbalari b-n ta’minlash, fan va texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yo’l qo’ymaslik kabilar kiradi. G.m. avvalo jahonda kechaetgan iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy, harbiy, ilmiy-texnologik, ijtimoiy-madaniy jarayonlarning umumbashariy ahamiyat kasb etishi natijasida yuzaga keldi. G.m.larni 4 guruxga ajratish mumkin: 1) xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan g.m. — jahonda rivojlangan, ri- vojlanib kelayotgan va qoloq mamlakat- larning mavjudligi. Hoz. kunda jahon siyosiy tartibotini belgilashda dunyoda- gi 7 rivojlangan mamlakatning mavqei katta. Bu mamlakatlar b-n qoloq mamla- katlar orasidagi tafovut g’oyat kuchaydi. Taraqqiy qilgan mamlakatlarda demokra- tik qadriyatlar rivojlangan bo’lsa, qoloq mamlakatlarda avtoritarizm, demokrati- yaga zid bo’lgan ijtimoiy munosabatlar avj oldi, xalqaro xavfsizlikka qarshi tahdidlar paydo bo’ldi. Buni terrorchi- lik, ekstremizm ko’rinishlari vujud- ga kelganligi tasdiqlaydi; 2) xalqaro iqtisodiy munosabatlarda paydo bulga n g.m. — jahon xo’jalik tizimi vujud- ga kelib, unda asosan iqtisodiyoti ri- vojlangan mamlakatlar ustunligi qaror topdi. Iqtisodiyoti haddan tashqari ri- vojlangan mamlakatlar, transnasional korporasiyalar jahon iqtisodiyotini boshqarayotgan bir paytda, ikkinchi to- monda ularga karam, iqtisodiyoti juda ham past darajadagi mamlakatlar mav- juddir. Jahonda iqtisodiy va il- miy-texnikaviy taraqqiyot yutuqlariga qaramasdan boy va kambagal mamlakat- lar o’rtasidagi farq o’sib bormoqsa. 20-a. oxirida rivojlangan mamlakat- lar jahon yalpi milliy mahsulotining 86%ini ishlab chiqargan bo’lsa, kambag’al davlatlar atigi 1%ni ishlab chiqardi. Ayrim mamlakatlar rivojlangan dav- latlardan juda katta miqdorda qarzga botdi. Natijada ular siyosiy jihatdan mustaqil bo’lsada, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarga qaramdir. Jahon iqti-sodiy munosabatlaridagi globalla-shuvning salbiy oqibatlari ham mavjud. Mas, milliy bozorni siqib qo’yadi, ishsizlikni, fermerlarning si- nishini kuchaytiradi. Bu globalla-shuv- ga qarshi harakatni keltirib chiqardi — Evropaning bir necha shaharlarida norozilik namoyishlari bo’lib o’tdi. Global iqtisodiy jarayonlar jahon miqyosida harakat qiluvchi moliyaviy- iqtisodiy jinoyat guruhlarini vujudga keltirdi; 3) ijtimoiy sohada vujudga kelgan g.m. — jahon aholisi mutta- sil ko’payib borishi natijasida Osiyo va Afrika mamlakatlarida oziq-ovqat, ichimlik suv tanqisligi kuchayib, bu hol boshqa mamlakatlarda ham kuzatilayot- gani, jahon aholisining muayyan qismi ocharchilikni boshdan kechirayotgani, sa- vodsiz ekanligi, axborot-texnologiya va umuman fan-texnika inqilobi samara- laridan bahramand emasligi, butun in- soniyatga xavf tug’diruvchi kasalliklar (mas, OITS) tez tarqalayotganligi shun- Day muammolar sirasiga kiradi; 4) in- son va tabiat o’rtasidagi muno s a batl arning buzilishi natijasida vujudga kelgan g.m. — ular katoriga dengiz va suv havzalarining bulg’anishi, o’rmon maydonlarining tobora qisqarishi, at- mosfera ozon qatlamining yo’qolib bo- rishi kabilar kiradi. Xatarli kimyoviy moddalarning haddan tashqari ko’p ish- latilishi natijasida q.x.da ekin eki- ladigan erlarning katta qismi yaroqsiz holatga kelish xavfi kuchaydi. Sobiq SSSRda q.x. sohasida texnokratik siyo- sat yuritilishi oqibatida Orol dengi- zi suvi kamayib, g’oyat mushkul ekologik muammolarni keltirib chiqardi. G.m.ga qarshi kurashda jahon hamjamiyatini birlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi Pre- zidenti I. Karimov o’z asarlarida, turli xalqaro anjumanlarda so’zlagan nutqlarida Markaziy Osiyoda g.m.ning kelib chiqish sabablari va ularni Barta- raf etish yo’llarini ko’rsatib berdi, bu muammolarni hal qilish xalqaro xavf- sizlik va barqarorlikni ta’minlash- ning muhim sharti ekanligiga jahon jamoatchiligi e’tiborini karatdi. Ad.: Karimov I., O’zbekistan XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot ka- folatlari, T., 1997; Shaxnazarov G., Kuda idyot chelovechestvo, M., 1985; Otaboev Sh., Nabiev M., Inson va biosfera, T., 1995; Sanginov S, Filosofskiy analiz modeli- rovaniya globalnix prosessov, T., 1996. Sayfiddin Jo’raev.