Termiz

Termiz — Surxondaryo viloyatidagn shahar. Viloyat markazi. Amudaryoning o’ng sohilida, O’zbekistonning Jan. qismida, Afg’oniston chegarasiga yaqin, o’rtacha 310 m balandlikda joylashgan. Xalqaro Daryo porti. T.y. stantsiyasi. Toshkentdan 708 km. Mayd. 27,8 km2. Aholisi 119,6 ming kishi (2004). Iklimi kontinental, issiq va quruq, yozi jazirama issiq (O’zbekistondagi eng issiq shahar — eng yuqori t-ra 49,5°, 1914 y. 21 iyunda qayd etilgan), qishi iliq va qisqa. Yillik o’rtacha t-ra 16-18°. Yanv.ning o’rtacha trasi 2,8—3,6, iyulniki 28-32°. Ba’zida, qishda sovuq — 20° va undan ham past bo’ladi. Yillik yog’in 133 mm. Arxeologik topilmalar, Arab va yunon manbalarida keltirilgan ma’lumotlar T.ning Sharqdagi qad. shaharlardan biri ekanligidan dalolat beradi. Shaharning qulay geografik o’rni, strategik ahamiyatga molik joyda bo’lganligi, Sharqni G’arb, Jan.ni shimol bilan bog’lovchi savdo chorrahasida barpo etilishi, uning tez sur’atlar bilan rivojlanishiga zamin yaratgan. Buyuk ipak yo’linint muhim bir tarmog’i ham T. orqali o’tgan. Qad. Sharq tsivilizasiyasining shakllanishida T.ning o’ziga xos o’rni bor. Ko’xna T.ning qal’a qismida olib borilgan arxeologik izlanishlar natijalari va yozma manbalarning tahliliga ko’ra shaharga mil. AV. 1ming yillikning o’rtalarida asos solingan. T. Sug’diyona, Xorazm, Marg’iyona va Parfiya davlatlari bilan madaniy va savdo aloqalarini o’rnatgan. Topilmalarga qaraganda shaharning Hindiston bilan madaniy va savdo aloqalari ham juda faol va uzviy bo’lgan. Mil. AV. 4-3-a.larda 10 ga maydonni egallagan T.ning qad. qal’asi o’rnida aholi manzili bo’lgan. Hofizi Abruyning yozishicha, shahar nomi «Taramastxa» (baqtriycha «narigi sohildagi manzil») so’zidan olingan bo’lib, asrlar davomida turlicha atalib kelgan (mas., Antioxiya, Demetrias, Tarmid, Tarmiz, Tami, Tamo), 10-a.dan T. deb atala boshlagan. T. mil. AV. 3-2-a.larga kelib Baqtriyaning eng rivojlangan, siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan biriga aylandi. Ashyoviy dalillarga ko’ra bu davrlarda shaharda me’morlik va hunarmandchilikning bir qancha sohalari (kulolchilik, degrezlik va metallsozlik, shishasozlik), Salavkiylar, YunonBaqtriya shohlari tovarpul muomalasi Movarounnahrning boshqa shaharlariga qaraganda ancha oldin rivojlanganligidan dalolat beradi. T. shahrining gullab yashnagan davri Kushonlar hukmronligi davriga to’g’ri keladi. Bu davrda T. hududiy jihatdan kengayib, shim. Baqtriyaning yirik shahriga aylangan. Shaharda shu davrga oid me’morlik va hunarmandchilik binolari va namunalari, turli nafis sopol va shisha idishlar, fil suyagi, qimmatbaho metal va toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlari kabi topilmalarning ko’plab qayd qilinishi buning dalilidir. Mas., Dalvarzintepadan topilgan va fil suyaklaridan yasalgan shaxmat donalari (fil va ho’kizzebu shaklida) xrz. kunda er yuzida aniqlangan eng qad. shaxmat donalari (mil. 2-a.) xisoblanadi. O’sha davrda T. Kushonlar davlatining muhim shahri va buddizmnint markazlaridan biri bo’lgan. Shaharni Termizshoxlar idora qilgan. O’sha davrda T. Termizshoxlar hokimligining poytaxti bo’lib turgan. Arablar bosib olgan davrda (686-704) T. 70 gektarga yaqin maydonni egallagan, to’rtburchak shaklidagi qal’adan iborat bo’lgan. 10-a.da yozilgan «hudud ulolam» asarida T. «Jayxun bo’yidagi kurkam va obod shahar. Qal’asi Daryo bo’yida, ulkan bozori mashhur, Xuttalon va Chag’oniyon axdi shu erda savdo qiladi», deb ta’riflangan. 10-12-a. boshlaridat. ravnaqtopgan. Toxaristonning yirik shahri, hunarmandchilik va savdo markaziga aylangan. Bu davrda T. hududi 500 ga dan ortik, maydonni egallagan. Shaharda bir qancha mahobatli binolar barpo etilgan. Shulardan eski shahar qismida Termizshoxlar saroyi saklanib qolgan. Shaharda temirchilik, shishasozlik, kulolchilik rivojlangan. T.da tayyorlangan hunarmandchilik buyumlariga talab yuqori bo’lgan. Shaharda o’nlab karvonsaroylar faoliyat ko’rsatgan. O’sha davrda T. yirik madaniyat va ilmfan markazi sifatida ham nom qozongan. Termizlik olimuulamolar o’rta asr Sharqining fan, madaniyat va ma’rifatiga o’z hissasini qo’shgan. T. vaqtvaqti bilan G’aznaviylar, Qoraxoniylar, Qoraxitoylar, Saljuqiylar, Xorazmshoxlar davlatlari tarkibida bo’lgan. 1220 y.da T. mo’g’ullar tomonidan vayron qilib tashlangan. Sharafudsin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asarida qayd qilinishicha, T. aholisi mo’g’ullarga qattik, qarshilik ko’rsatgan va shu bois shahar «Madinat urrijol» («Mardlar shahri») deb ham atalgan. Mo’g’ullar istilosidan so’ng, 14-a.da T. Surxondaryo sohiliga yaqin joyda yangidan qad. ko’tardi. Shahar o’z o’rnini bir necha bor o’zgartirsada, asrlar davomida o’z nomini Tarmita, AntioxiyaTarmita, Tarmiz, Tirmiz, Termiz ko’rinishlarida saklab kelgan. Amir Temur Movarounnahrni egallagach (1370), T. Surxondaryo vohasi bilan birga Temur davlati tarkibiga kirdi. 1407 y.da Temuriy Xalil Sulton farmoni bilan Daryo sohilidagi T. qal’asi qayta tiklandi. Ko’p o’tmay o’z tangalarini zarb etadigan katta shaharga aylandi. 1504-05 y.larda shaharni Shayboniyxon egalladi. Keyinchalik turli sulolalar tasarrufida bo’lib, 18-a.ning 2yarmida shahar o’zaro urushlar natijasida butunlay vayron qilingan. Faqat, uning atrofidagi Pattakesar va Solihobod qishloklari saklanib qolgan. 1894 y. Term iz xarobalaridan 8 km narida joylashgan Pattakesar qishlog’ida ruslarning mahalliy aholi tomonidan «Tuproqqo’rg’on» deb nomlangan qal’a istehkomi qurilgan. Xoz. T. shu Tuproqqo’rg’on atrofida bunyod etilgan. 1916 y. Buxoro—Qarshi—Termiz t.y. qurilish munosabati bilan T.ning iqtisodiy mavqei o’sdi. O’zbekistonni qo’shni Afg’oniston, Pokiston, Hindiston va b. davlatlar bilan bog’lovchi yo’l T. orqali o’tishi shaharning siyosiy va iqtisodiy hayotida muhim o’rin egallaydi. T. da dastlabki arxeologik qazishma ishlari B.P.Denike (1926-27), M.E. Masson rahbarligidagi Termiz arxeologik kompleks ekspedisiyasi (1936-38) tomonidan olib borilgan. Eski T.da arxeologik qazishma ishlari keyinchalik Sh.Pidaev, T.Annaev tomonidan davom ettirilib, shahar tarixi yanada oydinlashtirildi. 1933 y.da T.da birgina paxta tozalash zdi va yana bir necha ustaxonalar bo’lgan. Keyinchalik va ayniqsa, mustaqillik yillarida, sanoat, qurilish, engil, oziqovqat va b. korxonalar ishga tushdi. Obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari yaxshilandi. Shaharda yangi t.y. vokzali qurildi. Amfiteatr, arxeologiya muzeyi, san’at kolleji, akademik lisey, tadbirkorlar markazi, Markaziy stadion, «Delfin» suzish havzasi, kurash saroyi, tennis korti, «Alpomish» majmuasi, Markaziy bozor, «Termizning 2500 yilligi» nomli xiyobon bor; shoshilinch tibbiy markaz qurilib ishga tushirildi. T. da jami 2500 dan ziyod korxona bo’lib, mikrofirmalar, kichik va o’rta korxonalar, chet el investisiyasi ishtirokidagi korxonalardir. Paxta tozalash, qurilish materiallari ishlab chiqarish., engil va oziq-ovqat sanoati muhim o’rin tutadi. T. da unt, 8 ta kollej (san’at, iktisod, ijtimoiyiqtisodiy, ped., tibbiyot, bank ishi, maishiy xizmat ko’rsatish, oziq-ovqat sanoati kollejlari) bor. Akad. va fizikamat, liseylari faoliyat ko’rsatadi. 2003/04 o’quv yilida shaharda 16 umumiy ta’lim, 2 tayanch, 1 boshlang’ich maktablari ishladi. O’quvchilar saroyi, bolalar va o’smirlar sport maktabi faoliyat ko’rsatadi. Viloyat o’lkashunoslik muzeyi, Hakim atTermiziy me’moriy majmuasidagi «meros» tarmoq muzeyi bor. O’zR Prezidenti I.A.Karimovning loyihasi va tashabbusi bilan T.ning 2500 yilligini aks ettiruvchi Surxondaryo arxeologiya muzeyi bunyod etildi; viloyat musiqali drama, qo’g’irchoq teatrlari ishlab turibdi. 4 shahar kutubxonasi hamda 2 tarmoq kutubxonasi mavjud. Hayvonot bog’i bor (q. Termiz hayvonot bog’i). T. da 18 gazeta chiqariladi, 3 telestudiya eshittirishlar olib boradi. Shahar Markaziy kasalxonasi (165 o’rin), yuqumli kasalliklar kasalxonasi (130 o’rin), bolalar va kattalar, tish davolash poliklinikalari, shahar bolalar sanatoriybog’chasi va b. tibbiy muassasalarda 211 vrach, 700 ga yaqin o’rta tibbiy xodim xizmat kiladi. Undan tashqari, viloyatga karashli 3 ta kasalxona, viloyat tug’ruqxonasi, shoshilinch tibbiy yordam markazi, bolalar kasalxonasi, onkologiya, ko’z kasalliklari kasalxonalari, endokrinologiya, sil kasalliklari, teritanosil kasalliklari, narkologiya, asab kasalliklari dispanserlari, «ona va bola» va «reproduktiv salomatlik» markazlari, viloyat qon quyish markazi faoliyat ko’rsatadi. Ta’lim muassasalarida, mahallalarda bolalar sportini rivojlantirish darajasini oshirish maqsadida tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda. T.da Islom dini arboblaridan Hakim atTermiziy, Shaxobuddin Sobir Termiziy, Muhammad ibn Hamid Termiziy, Abu Bakr Varroq Termiziy kabi olimlar yashab o’tishgan. T.da 1999 y.da Alpomish dostonining 1000 yilligi, 2002 y.da xalqaro miqyosda T.ning 2500 yillik yubileyi o’tkaziddi. Ad.: Rtveladze E., Aminov M., Surxondaryo, T., 1996; Pugachenkova G.A., Muzey pod otkro’to’m nebom, T., 1996; Ro’ziev A.N., Surxondaryo viloyati T., 1996; Mirzaev J., Termiz tarixi, T., 2001. Xolli Qurbonov, Ismoil Botirov.