Texnika

Texnika (techne — mahorat, san’at) — moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga ta’sir qilishiga imkon beradigan vositalar va ko’nikmalar majmui. Asosiy vazifasi — inson mehnatini engillashtirish va mehnat unumdorligini oshirish. U tabiat resurslaridan samarali foydalanishga, er qa’rini, dunyo okeanini, kosmik fazoni o’zlashtirishga imkon beradi. «T.»termini biror ish (hunar) yoki san’atda qo’llaniladigan usullarni ham bildiradi (mas., to’quvchilik T.si, etikdo’zlik T.si, shaxmat o’yini T.si va b.). T. vositalari doimo takomillashib boradi, yangi texnologiya, yangicha mahsulot i. ch. zaruriyati tug’ilishi bilan yangidanyangi T. yaratiladi. T. tarixi ibtidoiy jamiyatga borib takaladi. Umuman T. tarixini quyidagi 7 bosqichga bo’lish mumkin: 7— oddiy i. ch. qurollari va usullari yaratilishi; 2 — murakkabroq i. ch. qurollari va usullari yaratilishi; 3 — odam tomonidan boshqariladigan murakkab mehnat qurollari yaratilishi; 4 — manufaktura i. ch. sharoitida mashina T.sining yaratilishi; 5 — ilg’or mamlakatlarda bug’dvigateli asosida ish mashinalarining paydo bo’lishi; 6 — elektr energiyasi asosidagi mashinalar tizimining yaratilishi; 7 — avtomatlashtirilgan mashinalar tizimi va kosmik T.ning taraqqiy etishi, axborotlar texnologiyasi (mas., Internet)ning rivojlanishi. T. ning evolyusiya bosqichi ancha uzoqqa cho’ziladi. Ibtidoiy jamoa tuzumida dastavval tosh qurollar, keyinchalik o’qyoy, loydan yasalgan idishlar, tosh bolta va mis qurollar paydo bo’lgan. Keyinchalik (mil. AV. 4 — 3 ming yillikda) jezdan yasalgan mehnat qurollari vujudga keldi. Keyinroq temir eritish va undan foydalanishga o’tildi. Xitoyda mil. AV. 2357 yillardayoq temir ma’lum edi. Mustahkam mehnat qurollariga bo’lgan talab po’lat ishlab chiqarish.ga olib keldi. Dehqonchilik rivojlana boshlagach, suv chiqarish qurilmalari, charxpalak paydo bo’ldi. Harbiy T.da o’q yoydan tashqari po’lat qilichlardan foydalanila boshlandi. Keyinchalik qurilishda turli yuk ko’tarish richaglari ixtiro qilindi. Odamlar yo’llarini yaqin qilish maqsadida suvdan foydalanish uchun daraxttanasidanqayiqyasashnio’rgandilar. Keyinchalik ko’p eshkakli kemalar paydo bo’ldi. To’qimachilik dastgohlari yaratildi. Keyingi davrlarda dehqonchilik bilan birga hunarmandchilik rivojlandi. Elkanli kemalar, shamol tegirmonlari yaratildi. Q. h.da g’ildirakli og’ir va engil pluglar paydo bo’ldi. 15-16-a. asrlarda ancha takomillashgan domna pechlari qurildi. Asosiy dvigatel o’rnida gidravlik mashinalardan foydalanildi. Bu davrda konchilik, metallurgiya rivojlana boshladi (q. Kon sanoati). Harbiy T.da o’t ochish kurollari, mashina va mexanizmlar paydo bo’ldi. 18-a. oxirida bug’mashinasi va to’qimachilik mashinalarining paydo bo’lishi sanoatda inqilobning boshlanishidan darak berdi. 19-a.da bosma mashina, telegraf apparato’, fotografiya, ichki yo’nuv dvigateli, samolyot, radio, telefon, kinematografiya, avtomobil yaratildi, harbiy texnika, t.y. transporta rivojlandi va b. 20-a.da elektr energiyasidan foydalanish kuchaydi, aviasiya, atom texnikasi, hisoblash texnikasi, elektronika, televidenie, raketasozlik, avtomatika, kosmonavtika va b. taraqqiy etdi. 21-a. boshlaridan axborotlar texnologiyasi (Internet, uyali telefon va b.) rivojlana boshladi. Qanday vazifani bajarishiga qarab, T. ishlab chiqarish va ishlab chiqarish. da katnashmaydigan T.ga (maishiy xizmat ko’rsatish, i.t., maorif va madaniyat, harbiy, tibbiyot T.siga) ajraladi. Ishlab chiqarish T.siga mashinalar, mexanizmlar, asboblar, mashina, texnologik jarayonlar, boshqariladigan apparatlar, sanoat binolari va inshootlari, yo’llar, ko’priklar, kanallar, transport, kommunikasiya, aloka vositalari va b. kiradi. Ishlab chiqarish T.sining faol qismi mashinadir. Unga texnologik mashinalar — metallga ishlov berish, qurilish, togkon, metallurgiya, qishloq xo’jaligi., to’qimachilik, oziq-ovqat, qog’oz tayyorlash mashinalari va b., transport mashinalari — avtomobillar, teplovozlar, samolyotlar va b., konveyerlar, elevatorlar, kranlar va b., nazoratboshqarish va xisoblash mashinalari — elektr mashinalari, ichki yonuv dvigatellari, turbinalar va b. kiradi. I. ch. texnika vositalari orasida energiya hosil qilish va uni bir turdan ikkinchisiga aylantirishga xizmat qiladigan energetika T.sining axamiyati katta. Harbiy T. (tanklar, artilleriya, raketa qurilmalari, uchish apparatlari, suv osti va suv usti kemalari va b.) aloxida T. vositalari guruhini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish.da qatnashmaydigan T. ga maishiy xizmat ko’rsatish T.si (kir yuvish, oshxona mashinalari va b.); transport T.si (engil avtomobillar, velosipedlar va b.); sport T.si (poyga motosikllari va b.) kiradi. Ishlab chiqarish.ning tarmoq strukturasiga qarab (mas., sanoat T. si, transport T.si, q. x. T.si) yoki i. ch. ning aloxida struktura bo’linmalariga qarab (mas., aviasiya T.si, meliorasiya T. si), ba’zan T. aloxida tarmoqlarining tabiiyilmiy asosiga qarab (mas., yadro T. si, sovitish T.si, xisoblash T.si va b.) tasniflanadi. Unumdorlik, puxtalik va tejamlilik T.ning eng muhim ko’rsatkichlaridir. T. ning unumdorligi vaqt birligi ichida tayyorlangan (ishlov berilgan, tashilgan va b.) mahsulot miqdori bilan aniqlanadi. T.ning puxtaligi zarur miqdorda sifatli mahsulot berish xususiyati yoki texnologik vazifani belgilangan muddatda bajarish bilan ifodalanadi. T.ning te jamliligi ishlatiladigan xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya, yordamchi qurilmalarning tannarxi bilan belgilanadi. T. ning unumdorligi, puxtaligi va tejamliligini oshirish uchun uni takomillashtirib borish, ish jarayonlarini avtomatlashtirish zarur. T. ning taraqqiyot davri T. vositalarini yangilash sur’atini yanada tezlashtirish, buyumlarni standartlash va unifikasiyalash, radiotexnika, elektronika, aviasiya, kosmonavtika, avtomatik boshqarish va rostlash tizimlari, hisoblash T.si, axborotlar texnologiyasi va b. rivojlanishi bilan ifodalanadi. Sanoatda avtomatlashtirishning rivojlanishi avtomat liniyalar va avtomat tsexlar, avtomat zdlar yaratishga olib keldi, axborotlar texnologiyalari rivojlandi. T. ni rivojlantirish fan va texnika taraqqiyotining muhim shartidir. T.ni rivojlantirishda fan yutuqlaridan keng foydalaniladi. Hoz. zamon fani, i. ch.ning muhim yutuqlari tabiiy va T. fanlari kashfiyotlariga tayanadi. T. fan yutuqlari asosida rivojlanib borib, fan oldiga yangi masalalar qo’yadi. Fan va T. ning rivojlanib, ular orasidagi o’zaro bog’lanishni taqozo etadi. T.ning rivojlanishi mamlaktlarning geografik, iklim sharoiti va b.ga ham bog’liq. Mac, Buyuk Britaniyada kemasozlik, dengiz va port ishlari T.si, Germaniyada stanoksozlik, tog’kon va metallurgiya T.si, Yaponiyada elektrotexnika va radioelektronika, Shveytsariyada anik, asbobsozlik T.si, Finlyandiyada yog’ochtaxta sanoati T.si, AQSh va Rossiyada raketasozlik, kosmonavtika, O’zbekistonda gidrotexnika, kibernetika, to’qimachilik, mashinasozlik, qishloq xo’jaligi.mashinasozligi sanoati va b. rivojlangan. T. istiqbolida yirik ilmiy-texnika masalalari — insonning Quyosh sistemasidagi sayyoralarga uchishi, jahon miqyosida radio, telegraf, telefon va televizion aloqalarning rivojlanishi, yangi turdagi tibbiyot apparatlari va b.ning yaratilishi va fan yutuqlarini umumlashtirish talab qilinadi. T. taraqqiyotiga Arximed, A. Geron, I. Gutenberg, I. Fyodorov, X. Gyuygens, I. P. Kulibin, Leonardo da Vinchi, N. Kopernik, G. Galiley, I. Nyuton, D. Uatt, E. A. Cherepanov va M. E. Cherepanov, A. Nartov, P. P. Anosov, D. Stefenson, P. Shilling, B. Yakobi, S. Morze, M. Faradey, D. Maksvell, D. I. Mendeleev, G. Bessemer, R. Dizel, A. F. Mojayskiy, V. Rentgen, A. Eynshteyn, K. E. Tsiolkovskiy, S. P. Korolyov va b. katta hissa qo’shgan. Sharqda T. taraqqiyoti Beruniy, Ibn Sino, Ulug’bek, Ahmad alFarg’oniy kabi allomalar; keyinchalik O’zbekistonda I. F. Belyanskiy va V. P. Grabovskiy (televidenie) kabi ixtirochilar, O’zbekistonda FA akademiklari S. Azimov, R. Bekjonov, A. Vohidov, H. Raxmatullin, O’. Rasulov, T. Rashidov, H. Usmonxo’jaev, H. Fozilov, M. O’rozboev, B. Qobulov, P. Habibullaev, M. Hamidxonov, M. Hojinova va b. olimlar nomi bilan bog’liq. Tursunboy Rashidov, Mirkomil Mirboboev.