Tetcher (Thatcher) Margaret

Tetcher (Thatcher) Margaret (xilda) (1925.13.10, Grantem, Linkolnshir) — Buyuk Britaniyanig siyosat va davlat arbobi; bosh vazir (1979-90), maorif va fan vaziri (1970-74); xazinaxonaning 1lordi, davlat ishlari bo’yicha vazir, Konservativ partiya tomonidan Britaniya parlamenti jamoa palatasining a’zosi (1959 y.dan). Oksford untini (organik kimyo ixtisosligi bo’yicha) tugatgan (1947). Kimyo korxonalarida ishlagan, huquqshunoslik kursida o’qib, advokatlik qilgan (1954-57). Nafaqalar va davlat sug’urtasi bo’yicha vazirlikning parlament kotibasi (1961-64). Oksford untining Samervill kolleji va Qirollik kimyo inti faxriy prof., Qirollik jamiyati a’zosi. 1975 y.da Konservativ partiya rahbari etib saylangan. T.ning falsafasi va neokonservatizm tajribasi jahon siyosiy lug’atida «tetcherizm» deb nom olgan. U siyosat olamida «temir xonim» degan nom bilan mashhur. Buyuk Britaniya tarixida 1ayol bosh vazir lavozimiga saylanganiga 25 y. to’lgani munosabati bilan qirolicha Elizaveta II unga baronessa unvonini bergan (2004 y., may).