Translyasiya

Translyasiya (biologiyada) genetik kodga binoan, informasion RNK asosida oqsil polipeptid zanjirlari sintezi; tirik qujayralarda irsiy axborot amalga oshirilishining 2bosqichi. T. jarayonida iRNK molekulasida nukleotidlar ketma-ketligi tarzida yozilgan oqsil molekulasi to’g’risidagi axborot nukleotidlar kodidan sintezlanadigan oqsil molekulasidagi aminokislotalarning muayyan ketma-ketligi holatiga o’tkaziladi. Boshqacha qilib aytganda, irnkdagi axborot nukleotidlar tilidan aminokislotalar tiliga o’tkaziladi. T. da i RNK dan tashqari ribosomalar, transport RNK (tRNK), oqsillarning aminoasil—trnksintetaza, inisiasiya (boshlovchi), elongasiya (polipeptidni davom ettiruvchi), terminasiya (tamomlovchi) va b. omillardan iborat murakkab makromolekulyar kompleks ishtirok etadi. Aminokislotalarni RNK ribosomalarga olib boradi. T.ning inisiasiya bosqichida ribosomaning kichik subbirligi, tRNK va inisiasiya omili iRNK dagi kodoninisiatorni tanib oladi. Shundan so’ng ribosomaning katta subbirligi qo’shilib, oqsil sintezi boshlanadi. Bu sintez 3 bosqich: tRNK ning qo’shilishi, peptid bog’hosil bo’lishi va ribosomalarning 3 nukleotidga siljishi — translokasiya orqali boradi; shundan so’ng barcha tsikl yana takrorlanadi. Kodonterminatorlarni tanib olishda terminasiyaning oqsil omillari polipeptid zanjirining ribosomadan ajralishini katalizlaydi. Oksil sintezida iRNK poliribosoma tarkibiga kiradi. Har bir poliribosomada bir vaqtning o’zida 100 tagacha ribosomalar sintezni olib boradi. Prokariotlarda poliribosomalar transkripsiya davrida i RNK da (DNKdan ajralmasdan oldin) qosil bo’ladi. Eukariotlarda oqsil sintezi tsitoplazmada boradi.