Gidroturbina, suv turbinasi
Gidroturbina, suv turbinasi — suvning mexanik energiyasi hisobiga valga aylanma harakat beradigan par- rakli gidravlik dvigatel. Asosan GES larda elektr generatorlarki harakatga keltirish uchun qo’llaniladi. Ishlash tarziga kura g. faol (aktiv) va (reak- TIV) xillarga, ish g’ildiragi valining joylashtirilishiga ko’ra, vertikal, go- rizontal va qiya o’rnatiladigan xillarga bo’linadi. G.ning asosiy ish organi ish g’ildiragi. Faol G.da suv erkin oqimda ish g’ildiragiga soplo orqali, reaktiv G.da esa suv bosim ostida yo’naltiruvchi apparat orqali beriladi. Faol G.da ish g’ildiragiga keladigan va undan chiqadigan suv bosimi bir xilda (atmos- fera bosimiga teng) bo’ladi. Reaktiv G.da ish g’ildiragiga beriladigan suv bosi- mi atmosfera bosimidan ortiq, undan chiqadigan suvning bosimi esa atmosfera bosimidan ortiq yoki kam bo’lishi mum- kin. Suv oqimining ish g’ildiragiga ta’- siri yo’nalishi bo’yicha reaktiv g. o’qaviy va radial-o’qaviy xillarga, quvvatni rostlash usuli bo’yicha bir marta rost- lanadigan va ikki marta rostlanadigan xillarga bo’linadi. Faol G. ko’pincha kov- shli qilib tayyorlanadi. Ular parsial va noparsial xillarga bo’linadi. Parsial G.da suv ish g’ildiragiga bir yoki bir necha soplolar orqali keltiriladi va unda bir vaktning o’zida ish g’ildiragining bir yoki bir necha parragi ishlaydi. Noparsial G.da suv bitta halqasimon oqimda beriladi va ish g’ildiragining barcha parraklari bir vaqtda ishlaydi. Yirik G.lar tezlikni avtomatik rost- lash qurilmalari b-n jihozlanadi. Gi- droakkumulyasiya elektr stantsiyalari va ko’tarilish suv elektr stantsiyalarida nasos rejimida ham, turbina rejimida ham ishlaydigan nasos-turbina hamda dvigatel rejimida ham, generator re- jimida ham ishlaydigan dvigatel-Ge- neratordan tashkil topgan gidroagregat- lar qo’llaniladi. Yangi G.ni yaratishdagi asosiy omillar: quvvatni oshirish, g.ni takomillashtirish, sifatini yaxshilash, uskunalarning puxtaligi va ko’pga chi- damliligini oshirish va b.