Gaz generatori

Gaz generatori (gaz… va lot. generator — hosil qiluvchi) — 1) aso-san qattiq va suyuq yoqilg’ilardan yonuvchi gaz hosil qiladigan apparat. G.g.ning transport va muqim (stasionar) turlari bor. Transport G.g.da o’tin, pistako’mir, antrasit va torf kabi qattiq yoqilg’ilardan avtomobil va traktorlarning dvigatellari uchun yonuvchi gaz olinadi. Muqim G.g. qizitish, pishirish va eritish pechlari o’rnatilgan sanoat korxonalari uchun gaz ishlab chiqaradi. G.g. ko’pincha ichki devorlari o’tga chidamli g’ishtdan teriladigan shaxtadan iborat bo’ladi. Bu shaxtaga yuqoridan yoqilg’i solib turiladi, pastdan havo yuboriladi, yoqilg’i qatlamini kolosnikli panjara ko’tarib turadi. G. g.ning ishi yonilg’ini yuqori t-ralarda havoda oksidlashga va suv bug’ida oksidlashga asoslangan. Bosim ostida va bug’kislorod aralashmasidan foydalangan holda ko’mirdan tarkibida 15% gacha metan bo’lgan shahar gazi hosil bo’ladi; 2) suyuqlikli raketa dvigateli generator i — yoqilg’i yoki uning komponentlari yonishi yoki parchalanishi (termik, katalitik va h.k.) hisobiga qaynoq gaz (t-rasi 200— 900°) ishlab chiqariladigan apparat. Bunday gaz turbonasos AG-regatini harakatga keltirish uchun ish jismi hisoblanadi. Bunday G.g.ning asosiy ish organlari — aralashtirish kallagi va kallak.