GAMMA-NURLANISH
GAMMA-NURLANISH (u-nurlanish) — to’lqin uzunligi 10″ sm dan kichik qisqa to’lqinli elektromagnit nurlanish; radioaktiv yadrolar va elementar zarralar parchalanganda, zaryadli tez zarralarning modda b-n o’zaro ta’siri vaqtida, shuningdek elektronpozitron juftlarining annigilyasiyasi va b.da paydo bo’ladi. Atom energiyasi istalgan qiymatlarni emas, balki energetik sathlar deb ataluvchi ma’lum kattaliklarni qabul qiladi. Bunday satxdar yadroda ham mavjud. Ularning pastkisi asosiy sathlar, katta energiyali sathlar esa uyg’ongan sathlar deyiladi. Ko’pincha, yadrolar a-emirilish, fi-emirilish yoki yadro reaktsiyalaridan keyin uyg’ongan holatda bo’lib, g.-i. natijasida asosiy holatga o’tadi. Uyg’ongan holatdan asosiy holatga o’tish vaqti juda kichik; u 10″‘° — 10″13 s ga teng. Umuman, yadro katta energiyali holatdan kichik energiyali holatga o’tgan paytda g.-n. ro’y beradi. G.-n. energiyasi yadroning dastlabki E1 va nurlanishdan keyingi Ef holati energiyalari farqiga teng: £,— Ef-hv, bunda: v — nurlanish chastotasi, A — Plank doimiysi. G.-n. ro’y berishi uchun harakat mikdori momenti va juftlik saqlanish qonuni bajarilishi lozim. Yadro bir energetik sath Et dan ikkinchi energetik sath Ef ga o’tganda u-nurlanishning harakat miqdori momenti t=\ bo’lsa, bunday g.-n. dipol nurlanish, 1-2 bo’lsa kvadrupol nurlanish, /=3 bo’lsa aktupol nurlanish deyiladi va h.k. Yadroning elektr zaryadlari qayta taqsimlanishi natijasida elektr nurlanish E Spin va orbital magnit momentlari o’zgarishi natijasida magnit nurlanish Msodir bo’ladi. Yadroning G.-n. ro’y berishi uchun yarim emirilish davri 10** — 1015 s ga teng bo’lishi kerak. Yadroning yarim emirilish davri G.-n. energiyasi, massa soni va yadro spiniga bog’liq. Har xil energetik holatdagi yadrolar spini farqi katta bo’lsa ( | D/| >4) yadro emirilishi qiyinlashadi va yashash vakti ortadi. Bu izomer holat, uyg’ongan yadro esa izomer yadro deyiladi. Yadro bir energetik sathdan ikkinchi energetik sathga o’tganida g.-n. ro’y bermasdan konversion elektronlar chiqarishi mumkin. Uyg’onish energiyasi atom qobig’idagi elektronlarga utishi natijasida elektron atomdan ajralib chiqadi. Bu hodisa ichki konversiya, elektronlar esa ichki konversion elektronlar deyiladi. Konversion elektronlar sonining u-nurlar son i ga nisbati ichki konversiya koeffisienti deyiladi. Konversion elektronlar energiyasini magnit spektrometrlar b-n o’lchab, Y-nurlar energiyasi aniqlanadi. u-nurlar energiyasi katta (£>1,02 MeV) bo’lsa, magnit-spektrometr, stsintillyatorlar INaJ(TI) kristall), yarimo’tkazgich [Ge(Li)], detektor b-n o’lchanadi. G.-n. dan inson faoliyatining turli sohalarida keng foydalaniladi. Mas, tibbiyotda zararli shishlarni davolash uchun kobalt to’plar qo’llaniladi (u-nurlar energiyasi-1,3 MeV), kasalliklarni oldindan bilish uchun radioaktiv ioddan (£g~0,3 MeV) va b. o’nlab gamma-faol preparatlardan foydalaniladi. Tabiiy kaliy tarkibidagi kaliy = 40 tabiiy radioaktiv izotopning gammanurlanishi inson gavdasidagi radioaktivlikni aniqlash uchun xizmat qiladi. \Rahim Bekjonov.