Gandbol
Gandbol (nem. hand — qo’l, ball -to’p), qo’l to’pi — sport o’yini. 19-a. oxirida Evropada paydo bo’lgan. Daniyalik Xal- Ger Nilson ixtiro etgan (1898). G. uchun kattaligi 40×20 m li maydon kerak; og’irligi 325-475 g, aylanasi 54-58 sm bo’lgan charm to’p b-n o’ynaladi. May- donning ikki tomonida eni 3 m, bal. 2 m bo’lgan darvozalar o’rnatiladi. Har bir jamoada 7 yoki 11 o’yinchi qatnashadi. O’yinchi to’p b-n faqat 3 qadam qo’yishi va uni qo’lida 3 sek.gacha tutib turi- shi mumkin. O’yin 2 bo’limdan iborat bo’lib, erkaklar musobaqasi 1 soat, ayol- lar musobaqasi 50 min. davom etadi. Xalqaro G. federasiyasiga (IHF; 1946 y. asos solingan) 106 mamlakat a’zo. 1972 y.dan erkaklar, 1976 y.dan ayollar g.i Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritil- gan. 1938 y.dan erkaklar o’rtasida, 1956 y.dan ayollar o’rtasida jahon birinchili- gi o’tkaziladi. O’zbekistonda G. 1923-24 y.larda paydo bo’lib, birinchi musobaqa 1926 y.da Toshkentda o’tkazilgan. 1991 y. O’zbekiston Respublikasi G. federasiya- si tuzildi. Respublikaning barcha vilo- yatlarida g. bo’yicha bolalar sport makta- blari, erkaklar, ayollar va bolalar jamo- alari bor. 1991 y.dan O’zbekistan chempi- onata muntazam o’tkaziladi. O’zbekiston G.chilari terma jamoasi (ayollar) Osiyo chempionatida 4-o’rinni egalladi va Germaniyada o’tkazilgan jahon birinchi- ligi musobaqalarida qatnashdi (1997). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan sport ustozlari F. Abdurahmonov, V. Kaplin- skiy, xizmat ko’rsatgan sport ustasi, Olimpiya o’yinlari va jahon chempioni M. Vasilev, xalqaro miqyosdagi sport ustasi, jahon chempioni S. Zemlyanova, sport ustalari A. Abzalova, Olga AB- dulla va b.ning g. rivojlanishida katta hissasi bor.