GES kaskadi
GES kaskadi — bitta Daryo yoki suv havzasiga pog’onali tarzda qurilgan va umumiy suv xo’jaligi rejimi b-n bog’langan gidroelektr stantsiyalar maj- mui. GES k. daryoning energetik resurs- laridan to’laroq foydalanishga, GES quvvatini oshirishga, manyovrchanlik sha- roitini yaxshilashga imkon beradi. GES k. qurilishi katta daryolarda transport qarakatini ham yaxshilaydi. Mas, Volga- Kama (Rossiya) va Dnepr (Ukraina) GES k. Kaspiy, Azov, qora, Baltika va oq dengizlarida yagona transport tizimini birlashtiradi. Hozir O’zbekistonda umu- miy quvvati 1,4 MVt bo’lgan Toshkent, Chirchiq, Bo’zsuv, Samarqand, Shaxrixon va b. GES k. ishlab turibdi (2001) (yana q. Gidroelektr stantsiya, gidroenergetika).