Guntekin Rashod nuri

Guntekin Rashod nuri (1892, is- tanbul — 1956, London) — turk yozuv- chisi, dramaturg, tarjimon, adabiyotshu- nos. Istanbul un-tini tugatgan (1912). Dastlabki asarlari («eski oshna», 1917; «Xanjar», 1918; «sirli qo’l», 1921 va b.)da kiborlar jamiyatiga xos illatlar fosh etilgan. Yozuvchining mashhur asar- laridan biri «Choliqushi» (1922) Roma- nida turk qishloqlarining yorqin manza- rasi chizilgan, asar qahramonlari hayoti, sarguzashtlari tasvirlangan. «Tamg’a» (1925), «shafqat qiling», «yashil tun» (1928), «xazonrezgi» (1930) romanlari- da zamonasining o’tkir ijtimoiy ma- salalari, inson va jamiyat, yashashning ma’nosi kabi muammolarni ko’tarib chiqadi. G. 24 roman, 7 hikoyalar to’plami, qator pesalar yozgan, 24 jildli asarlar to’plami nashr etilgan (1958 — 61). U «Lev Tolstoy» monografiyasi (1933) mu- allifi. G. asarlari ko’p tillarga tarji- ma qilingan. «Choliqushi» (1959, 1965, 1968, 1988, 1999, Mirzakalon Ismoiliy tarjimasi) va b. romanlari o’zbek tilida nashr etilgan.