Trop

Trop (Yun. tropos — nutqning o’zgarishi, boshqacha Tue olishi) — nutqning ifodaviyligi va ta’sirchanligini oshirish maqsadida so’z va iboralarning ko’chma ma’noda qo’llanishidan iborat poetika va stilistika tushunchasi; shunday ma’noda qo’llangan so’z va iboralarning umumiy nomi. Bunda odatiy tarzda ma’lum bir predmet (hodisa, jarayon, xususiyat va b.) nomini atovchi so’z, so’z birikmasi muayyan nutq vaziyatida boshqa predmet (voqea, jarayon va b.) ni bildirish uchun qo’llanadi; Hosila so’z, ya’ni ko’chma ma’nodagi so’z o’zining kelib chiqishiga asos bo’lgan so’z (so’z birikmasi) bilan o’xshashlik yoki aloqadorlik jihatdan bog’liq bo’ladi. Ular orasida ma’lum darajada miqdoriy yoki sifatiy tafovutlar bo’lishi mumkin. Mac, «burgut» so’zi qushning nomi bo’lish bilan birga, shu qushning odatiy sifatlari, xususiyatlari (shiddatkorlik, ko’zi o’tkirlik, qo’rqmaslik)ga ega bo’lgan kishining tavsifi sifatida ham qo’llanadi. «Stadion g’oliblarni olqishladi», «tirnoqqa zor bo’lmoq» iboralaridagi «stadion» va «tirnoq» so’zlari ham asl ma’nosidan boshqacha ma’noda qo’llangan. T.ning ko’p tarqalgan turlari: istiora (metafora), metonimiya, sinekdoxa, majoz (allegoriya), kinoya, sifatlash (vasf, epitet), kichraytirish (litota), mubolag’a (giperbola), jonlantirish (tashxis, intoq), perifraza va b. «T.»termini dastlab yunon faylasufi Aristotel tomonidan ayrim T.larni, xususan, metaforani o’rganish jarayonida sillogizm shaklini ifodalash maqsadida qo’llangan (mil. AV. 4-a.). Strukturaviy tilshunoslik, matn lingvistikasi kabi tilshunoslik tarmoqlarining yuzaga kelishi T.ga bo’lgan munosabatni tubdan o’zgartirdi. Natijada T. semantik transpozisiya (ma’noviy ko’chish) ning hosilasi tarzida o’rganiladigan bo’ldi. O’zbek tilshunosligida T.ning mazkur ko’rinishlari alohidaalohida tadqiqotlarning manbai bo’lib, badiiy matnlar asosida atroflicha o’rganilgan. Ad.: Lingvistika i poetika, M., 1979; O’zbek tili stilistikasi, T., 1983. Ibodulla Mirzaev.