Tektonik strukturalar
Tektonik strukturalar – er po’stida tog’jinslari yotish shakllarining qonuniyatli takrorlanishi. «T.e.» termini bir kancha mayda strukturaviy shakllardan hosil bo’lgan er po’stining har xil qismlarini o’z ichiga oladi. T. s.ni tasniflaydigan eng asosiy belgilar masshtab, morfologiya va genesis hisoblanadi. Elementar strukturali shakllar (qatlam, burma, darzlik, uzilishli buzilishlar — tashlama, uzilma, siljish, surilma va sharyajlar) va magmatic jinslar T.e. (dayka, sill, lakkolit, batolit va b.) mavjud bo’lib, ular o’z navbatida, mikroskopik o’lchamli T.e. hosil qiladigan kichik o’lchamdagi struktura bichimiga ega bo’lishi mumkin. Elementar strukturali shakllarning qonuniy majmui kattaroq tartibdagi T.s.ni, mas., burmalar guruhlanib murakkab struktura shakllarini — antiklinoriy va sinklinoriyni hosil qiladi, ular o’z navbatida burmali sistemalarni shakllantiradi; platformalarda sinekliza, antekliza, avlakogenlar ajralib chiqadi. Er po’stining ancha yirik T.s.ining zamini yuqori mantiyagacha etib boradi va chuqur strukturalar deb ataladi. Ularning asosiylariga kontinental va okean platformalari (plitalar), okeanga mansub, sinklinal va orogenlardagi harakatdagi mintaqalar kiradi, ular litosferaning kontinental va okean segmentlari va kontinental qo’shilmalari hamda chuqur yoriklar va riftlar kiradi. Asosan, Er pustila rivojlanadigan chuqur strukturalar po’stli strukturalar deb ataladi. T. s.ning vujudga kelishi rivojlanishning muayyan yunalishga va tarixga (kinematika) ega bo’lgan harakatlar ta’sirida (q. Tektonik harakatlar) va jarayonning dinamikasini aks ettiradigan va tektonik deformasiyalarni yuzaga keltiradigan kuchlar ta’siri ostida hosil buladi. Elementar T.e. ni strukturalar geologiyasi urganadi. Magmatik jismlarning mikroskopik T.e. mikrostruktura analizi metodi bilan o’rganiladi (q. Petrotektonika). Yirik masshtabdagi elementar T.e. majmui geotektonikada o’rganiladi (q. Tektonika). T.e.geologik xaritalash, geofizik metodlar, ayniqsa seysmorazvedka hamda burg’ilash bilan o’rganiladi.