TEKTONIK TSIKLLAR
TEKTONIK TSIKLLAR (bosqichlar) — umumgeologik va tektonik voqealarning ma’lum ketma-ketligi bilan tavsiflanadigan, erning katta davr (100 mln. y.dan ortiq)dagi geologik tarixi. T.ts. geosinklinalni platformaga aylantiradigan tektonik jarayonlarning ma’lum ketma-ketligi bo’lib, burmalanish davrlari bilan yakunlanadi. Geosinklinallarda juda aniq namoyon bo’lgan. Bunda tsikl o’ta asosli intruzivmagmatik va asosli tog’jinslari hosil bo’lishi va suv osti vulkanizmi, kalin cho’kindi qatlamlarning yig’ilishi va chuqur dengiz havzalarining hosil bo’lishi bilan boshlanadi. Orollar yoyi paydo bo’lib, andezitli vulkanlar hosil bo’ladi, dengiz havzalari parchalanib bo’laklarga ajraladi va burmali, surilmali deformasiyalar boshlanadi. So’ngra, molasslar — tog’larning emirilish mahsulotlari bilan to’ldirilgan tog’lararo toshqotgan, tog’oldi va tog’orasi bukilmalari bilan ajralgan burmali va burmaliqoplamli tog’inshootlari shakllanadi. Bu jarayon regional metamorfizm, granit hosil bo’lishi er yuzasiga liparitbazaltli vulkanlar otilib chiqishi bilan davom etadi. Voqealarning o’xshash ketma-ketliligi: kontinental sharoitlarning, dengiz transgressiyasi bilan, so’ngra yana regressiya bilan almashinuvi, kontinental rejimning o’rnatilishi va nurash po’sti hosil bo’lishi platformalarda ham kuzatiladi. Bu jarayonda cho’kindilar tipi ham tegishlicha o’zgarib boradi — avval kontinental, so’ngra Laguna cho’kindilari, ko’pincha tuzli va ko’mirli qatlamlar, so’ngra dengiz chaqiq jinslari, tsikl o’rtasida karbonatli yoki kremniyli cho’kindilar, tsikl oxirida esa yana dengiz, Laguna yotqizikdari (tuzlar) va kontinental (ba’zan muzlanish) yotqiziklari hosil bo’ladi. Bir geosinklinal zonasida intensiv burmalanish — siljish deformasiyalari va tog’ hosil bo’lishi, asosan, shu zona ichkarisida yangi geosinklinal cho’kish zonasi paydo bo’lishi va platformada riftlar sistemasi avlokogenlar shakllanishiga ko’pincha muvofiq keladi. T.ts.ning FA — nerozoydagi o’rtacha davomiyligi 150— 180 mln. yil (tokembriyda T.ts. chamasi ko’proq davom etgan). Ushbu tsikllar bilan bir qatorda yanada yirikroqlari (megasikllar) — yuz mln. yillab davom etadi. Evropada, qisman shim. Amerika va Osiyoda kechki tokembriy va fanerozoyda quyidagi tsikllar aniklangan: Grenvil (o’rta rifey); b aykal (kechki rifey — vend); kaledon (kembriy—devon); gersin (devon—Perm); kimmeriy (trias — yura); Alp (yura—bo’r—kaynozoy).