Tellur (Tellurium), Te
Tellur (Tellurium), Te — Mendeleev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 52; at. m. 127,60. T. 8 ta barkaror (massa sonlari 120, 122, 123, 124, 125, 126, 128, 130 bo’lgan) izotopdan iborat. Bulardan |28te (31,79%) va 130Te (34,48%) keng tarkalgan. Uning bir necha sun’iy radioaktiv izotopi olingan. Ulardan |27te va |29te nishonli atomlar holida ishlatiladi. T. ni dastlab 1782 y.da vengriyalik kon muhandisi F. Myuller fon Reyxshteyn oltinli rudani tekshirish natijasida kashf etgan. Nemis olimi M. Klaprot 1798 y.da Myuller kashfiyotining to’g’riligini tasdiqladi va yangi elementga erni sharaflab «tellur» (lot. tellus — er) nomini berdi. T. tarqoq element. Er po’stining massa jihatidan ~110~7% ini tashkil etadi. T. tabiatda og’ir metallarning sulfidli rudalari tarkibida va mustaqil minerallari — kalaverit Aite2, krennerit (Ai, Ag) Te2, Gee Sit Ag2Te, tetradimit Bi2Te2S, tellur vismutit Bi2Te3 va b. holida uchraydi. T. oqishkulrang, metallday yaltiroq, mo’rt kristall modda; zichligi 6,25 g/ sm3, suyuqlanish trasi 450°, qaynash trasi 990°. T. yarim o’tkazgich xossasiga ega. Odatdagi sharoitda T.ga havo xam, kislorod ham ta’sir etmaydi; lekin T. kislorodsa qizdirilganda zangori tusda yonib, TeO2 ga aylanadi. T. -2, Q4 va Q6 valentli. T. bilan galogenlar orasida odatdagi sharoitda (yod bilan suv ishtirokida) birikish reaktsiyasi boradi. T. qizdirilganida metallar bilan reaktsiyaga kirishib, telluridlar hosil bo’ladi. 100— 160° da suv bilan reaktsiyaga kirishib, vodorod va TeO2 xreil qiladi. Vodorod bilan bevosita birikmaydi; uning gidridi N2Te rux telluridga kislota ta’sir etishidan hrsil bo’ladi. Kontsentrlangan sulfat kislota T. bilan TeSO3 tarkibli (90° da parchalanadigan) modda hosil qiladi. T. ishqorlarda sekin, zar suvida yaxshi eriydi. TeO2 — tellurit kislota angidridi, TeO3 esa tellurat kislota angidrididir. T.ning organik birikmalari ham ma’lum. T. va uning birikmalari (ayniqsa, N2Te) nihoyatda zaharli. T. metall sulfidlarni qayta ishlashda va elektroliz yo’li bilan oltin, kumush, mis olishda «anod balchiq» tarkibida yonaki mahsulot sifatida xreil bo’ladi. Tarkibida T. va selen bo’lgan rudalarni qayta ishlash yo’li bilan T. va selenning eruvchan birikmalari xreil qilinadi. Eritma orqali sulfit angidrid SO2 o’tkazilsa, selen va T. cho’kmaga tushadi. Hosil qilingan erkin T.dan qayta suyuqlantirish, vakuumda haydash yoki zonalar bo’ylab suyukdantirish yo’li bilan sof T. olinadi. T. Selenga nisbatan kam ishlatiladi. Sanoatda olinadigan T.ning asosiy qismi telluridlar sintez qilish va yarim o’tkazgichlar uchun sarflanadi. T. li materiallardan mikroelektronika uchun kerakli yarim o’tkazgich pardalar tayyorlanadi. Vismut va surma telluridlar termoelektr generatorlar uchun zaruriy materiallardir. Kadmiy tellurid (CdTe) quyosh batareyalari, lazerlari, radioaktiv nurlanish hisoblagichlari tayyorlashda qo’llanadi. T.ning o’zi rezina va shisha sanoatida ishlatiladi. Metallurgiyada mexanik xossalarni yaxshilovchi legirlovchi qo’shimcha sifatida (asosan, qo’rg’oshinga) qo’llanadi. Natriy va kaliy telluritlardan mikrobiologiyada va difteriya diagnostikasida bo’yoq modda sifatida foydalaniladi. T. o’simlik va hayvon to’qimalarida doim bo’ladi, lekin uning biologik roli to’liq o’rganilmagan. Odam bir kechakunduzda ovkat va suv orqali 0,6 mg ga yaqin T. oladi. O’simliklar uchun o’rtacha, sut emizuvchilar uchun juda zaharli. T. ishlab chiqarish. da undan zaharlanish mumkin. T. dan zaharlanganda titroq bosadi, bosh og’riydi, darmonsizlanadi, tomir urishi susayadi, ishtaha yo’qoladi, ko’ngil ayniydi, til qorayadi, nafas siqiladi, soch to’kiladi. Kasbiy zaharlanishga qarshi kurashish tadbirlari — mehnat gigienasi qoidalariga rioya qilish, terini himoya qilish vositalaridan foydalanish.