«Turonbank»
«Turonbank» — O’zbekistondagi yirik aktsiyadorliktijorat banki. 1990 y. 6 okt.da aktsiyadorliktijorat birlashtiruv banki tarzida tashkil etilgan. 1993 y.dan ochiq aktsiyadorlik jamiyati. Boshqaruvi Toshkent sh.da, qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tashkilotlari, kichik va o’rta biznes sub’ektlari, savdo, tayyorlov va qurilish sohasi tashkilotlarining qayta ishlovchi korxonalariga, shuningdek, xalq xo’jaligining turli tarmoq korxonalari, xususiy tadbirkorlar, fermer xo’jaliklari va aholiga bank xizmatlari ko’rsatadi. «T.»keng tarmokli universal banklardan biri hisoblanadi. Toshkent sh. va viloyatlarda bankning 16 ta filiahsh, M li, 37 ta mini banklari mavjud. «T.»faoliyati davomida Jizzax viloyatida Arnasoy, Namangan viloyatida Kenkulsoy, Rezaksoy suv omborlari qurilishini, Chodak dahasidagi erlarni o’zlashtirish, Buxoro viloyati Dengizko’l, Xorazm viloyatida ko’l kollektorlari rekonstruktsiyamni, Qoraqalpog’iston Respublikasi Ellikqal’a tuman idagi Bo’ston kanali qurilishini moliyalashtirdi. T.ning jami aktivlari 23,6 mlrd. so’m, o’z kapitali 3,4 mlrd. so’m, zaxira kapitali 974 mln. so’mni, balans foydasi 0,6 mlrd. so’mni tashkil etdi; joriy likvidlik koeffisienta 0,599, kapitalning etarlilik koeffisienta 0,155 (2004 y., 1 yanv.) Doniyor Orifjonov.