TUPROQQAL’A DEVORIY RASMLARI VA HAYKALLARI

TUPROQQAL’A DEVORIY RASMLARI VA HAYKALLARI — O’rta Osiyo hududida saqlangan qad. san’at obidalaridan. Tuproqqal’ashtm Xorazm shohlari saroyi majmuasi devorlariga ishlangan rasmlar va haykallar mil. 1-3-a.larga mansub. Arxeologlar «Shoxlar xonasi» (haykallar guruhida ajdodlar ilohiylashtirilgan bo’lsa kerak), «g’alaba xonasi» (goreleflarda shoh shonshavkati ifodalangan), «Askarlar xonasi» (shoxlar ulkan, jangchilar kichik hajmda aks ettirilgan) va b. ramziy atalgan saroy xonalari haykallar, bo’rtma tasvirlar qamda rangtasvir bilan bezatilgan; rangtasvir haykaltaroshlik hamda monumental bezaklarda keng qo’llanilgan. Tasvirlar O’rta Osiyoda keng tarqalgan usulda — quruq ganch suvoqqa mineral bo’yoklarga elim qo’shib ishlangan: tasvir oq zaminni butunlay qoplab ishlanib, qora bo’yokda tasvirning shakli aniq qilib chizib chiqilgan, so’ng shakllar ichi kerakli ranglar (qora, ko’k, zangori, qizil, binafsha, pushti va b.) bilan bo’yalgan. T. D.r. va h., asosan, quyidagicha kompozisiya tuzilishiga ega: kengligi 0,5—0,7 m bo’lgan bezak hoshiyadan iborat pastki qism (mas., moviy suv to’lqini uzra suzayotgan qizil baliqpar), asosan, tabiiy kattalikda ishlangan turli jonzotlar, odamlar tasvirlari, ov manzaralaridan iborat asosiy qism hamda devor bezagini yakunlovchi ganch bezakli Friz ko’rinishidagi yuqori qism. Asosiy qismda tasvirlangan ov sahnalari, odamlar tasvirlari diqqatga sazovor, mavzuli lavhalar o’simliksimon naqshlar bilan uyg’unlashtirilgan. Yaxshi saqlangan ayrim tasvirlar Xorazm rangtasviri (mas., Arfa chalayotgan ayol tasviri)ning ishlanishini kushongandxar an’analari bilan bog’lash imkonini beradi, shuningdek, shunday qiyofalar g’am uchraydiki, bu qiyofalar Suriyamisr yoki shim. Qora dengiz bo’yi xalqlarining Rim davri san’atida uchrashini tadqiqotchilar aniklagan. Barcha tasvirlar o’ta erkinlik va qaqqoniylik bilan yaratilgan bo’lib, Qad. Xorazmning yuksak badiiy madaniyatidan darak beradi. Ad.:Toprakkala, Trudo’Xorezmskoy arxeologoetnograficheskoy ekspedisii, t. XIV, M., 1984.