Trauler
Trauler (ing. trawler, trawl — yoyma to’r) — baliq va b. dengiz jonzotlarini tral (konussimon to’r qop) yordamida ovlash va ularga birinchi ishlov berish (yorib ichini tozalash, yuvish, muzlatish va b.) uchun mo’ljallangan kema. T. tral chig’irlari (lebyodkalari) bilan jixrzlanadi. Chig’ir barabaniga 4 ming metrgacha arqon (vaer) o’ralishi mumkin, natijada 2 km gacha chuqurlikdagi baliklarni ovlashga imkon tug’iladi. Chig’ir dvigatelining quvvati 450 kVt ga etadi. T.da baliqqa ishlov berish uchun maxsus mashina va mexanizmlar majmui, uni muzlatish uchun sovitish qurilmalari, boshqarish asbobuskunalari bo’ladi. Baliqlarni tral yordamida ovlaydigan chig’irsiz qayiqlar ham bor. Ularda yoyma to’rni suvga balikchilar tashlaydi va yig’ib oladi.