Tuareg tillari
Tuareg tillari — somhom tillari oilasining barbarliviya guruhiga mansub tillar. Jazoir Sahroi Kabiri, Mali, BurkinaFaso, Niger, Nigeriya, shuningdek, Liviya va Chadda yashovchi va umumiy soni 1,2 mln. (1990-y. larning oxiri) bo’lgan tuareglar (barbarlar guruhiga mansub xalq) tili. T.t., o’z navbatida, 2 guruhga: shim. va Jan. guruhlarga bo’linib, ularning har biri yana o’nlab til va lahjalarni o’z ichiga oladi (Gxat, axnet, tamaxak, Air, Sharqiy va g’arbiy taullemat, tadxak, tanesleit va b.). T.t. o’ziga xos fonetik, leksikgrammatik xususiyatlari bilan boshqa somhom tillaridan farqlanadi. Unli fonemalar tizimi yaxshi rivojlangan (Mae. Axaggar lahjasida 9 ta unli mavjud). Otlarda aniqlik kategoriyasi, fe’llarda yasovchi qo’shimchalarning mavjudligi, yuklamalarning faol qo’llanishi, ergashtiruvchi bog’lovchilarning ko’pligi T. t.ning grammatik o’ziga xosliklaridir. Leksikasida Arab, xausa va Songay tillaridan o’zlashgan so’zlar ko’p. T.t.dagi ba’zi matnlar Arab yozuvining alohida kurinishida yozilgan. Xujalik va ibodat yozishmalarida Liviya yozuvi variantlaridan biri — tifinag qo’llanadi.