Trematodozlar

Trematodozlar — odam va hayvonlarda uchraydigan gijja kasalligi; gelmintlarsan trematodalar qo’zg’atadi. Ko’zg’atuvchilar odamning jigari, me’da osti bezi, ichagi, o’pkasi, qonida parazitlik qiladi va shu a’zolar faoliyatini buzadi. T.ning ayrim turi, mas., fassiolyoz ko’proq kuzatiladi. Gijjalar odam va hayvon (asosiy xo’jayin) organizmiga suv orqali o’tadi. Boshqa xil trematodalarning (opistorxoz, klonorxoz, metagonimoz, nanofietoz va b.) lichinkalari oraliq xo’jayindan tashqari, baliq, Qisqichbaqa, chumoli va h.k. qo’shimcha xo’jayinlar organizmida g’am etiladi. Sog’lom kishilarga esa bu gijjalar lichinkasi xom taomlar yoki yangi tuzlangan baliq va Qisqichbaqa orqali o’tadi. T.da bemor isitmalaidi, ishtahasi yo’qolib, ko’ngli ayniydi, qusadi, jig’ildoni qaynaydi. Qorni sanchib ofib, qabziyat ro’y beradi yoki ichi ketadi. Bemor T. turiga qarab davolanadi. Oldini olish uchun tashqi muhitni ifloslantirmaslik, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, go’sht mahsulotlarini etarli pishirib iste’mol qilish zarur.