Trayan
Trayan (Traianus) (53-117) — Rim imperatori (98 yildan). Antoninlar sulolasidan. Trayanning bosqinchilik urushlari natijasida Rim imperiyasi chegaralari nihoyatda kengaygan: Dakiya (106), Arabiston (106), Buyuk Armaniston (114), Mesopotamiya (115) egallangan. Keyinchalik Adrian davrida Armaniston va Mesopotamiya imperiyadan ajrab chiqqanlar. Trayan davrida Rim va (Trayan forumi, Trayan ustuni va boshqalar) provintsiyalarda (yo’llar, ko’priklar, kanallar) faol qurilish ishlari olib borilgan.