Turmalin

Turmalin (nem. Turmalin, singalezcha tormalli — serdolikdan) — mineral, zanjirli silikatlar sinfiga mansub murakkab va o’zgaruvchan tarkibli, borli alyumosilikat. Tarkibi va rangiga ko’ra, T. quyidagi turlarga bo’linadi: temirli T.: sherl yoki afrisit (kora), vardelit (yashil, indigolit (to’q ko’k); magnezial T.: dravit (qo’ng’irsariq); litiy l i T.: elbait (och binafsha rang, pushti), rubellit (to’q pushti); marganesli T.: tellaizit va b. Trigonal singoniyada kristallanadi. Kristallari cho’ziq, ustunsimon; prizmalar, dipiramidalar hosil qiladi. Shishasimon yaltiraydi. Qattiqligi 7-7,5, zichligi 3-3,2 g/sm3. T. skarnlarda, granitli pegmatitlarda uchraydi. T.ning shaffof, tiniq, chiroyli xillari zargarlikda, yirik kristallari radiotexnikada ishlatiladi. Turkiston, Qoratepa, Pomir tog’larining Jan. qismida sherl kristallari topilgan. Zirabuloq, Nurota granitlarini tolasimon T.ning Tim kora tomirlari yorib o’tadi. Nurotada birinchi marta vana — diyli to’q jigarrang T. topilgan. T. konlari xorijda RF (Ural, Baykal orti), Braziliyada, Madagaskar va Shri Lanka o.larida mavjud.