Toshbaqalar
Toshbaqalar (Testudenes, ya’ni Cheloniea) — sudralib yuruvchilar turkumi. Tanasi suyakmuguz yoki suyakteri sovut bilan qoplangan. Sovut orqa (karapaks) va qorin (plastron) qalqondan iborat. Ko’pchilik T.ning tuzilishi qad. davrdan hozirgacha deyarli o’zgarmagan. Sovutining uz. 12 sm dan 2 m gacha. T. ko’zi va hid bilish organlari yaxshi rivojlangan, lekin yomon eshitadi. Tishlari bo’lmaydi, jag’i tumshuqqa o’xshash muguz plastinkalar bilan qoplangan. Umurtqa pog’onasi — bo’yin va dum bo’limlari harakatchan, boshqa kismlari karapaks bilan birlashib ketgan. Sovutning bo’lishi tufayli oyoqlar kamari suyaklar, qovurg’alar ostiga siljigan. 250 ga yaqin turi bor. 2 kenja turkum (yashirin bo’yinlilar va yonbosh bo’yinlilar)gaajratiladi. Yashirin bo’yinlilar (Cryptodira) 8 oila: kaymansimon T., chuchuk suv T.i, quruklik T.i, dengiz T. i, terili T., yumshoq tanali T. va b.ni; yonbosh bo’yinli T. pelameduzasimonlar va ilon bo’yinlilar oilalarini o’z ichiga oladi. Ekologik jihatdan T. dengiz va quruqlik T.iga ajratiladi. Quruqdik T. i Antarktikadan tashqari barcha qit’alarda va ko’pchilik o.da, dengiz T.i dunyo okeanining tropik va subtropik hududlarida, qisman, bareal qismida tarqalgan. Quruklik T.i sovuq tushganda qishki, qurg’oqchilik paytida yozgi uyquga ketishi mumkin. Quruqlik va dengiz T.i, asosan, o’txo’r, chuchuk suv T.i, odatda, etxo’r (baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, umurtqasizlar bilan oziklanadi). T. bir necha oy oziqlanmasdan yashashi mumkin. Quruqlikda juftlashadi. Ayrim turlari yil davomida 3 martagacha va undan ham ko’p marta bir necha 100 tagacha tuxum qo’yadi. Tuxumlari sharsimon yoki ellipssimon; quruqlik T.ida teri ohak po’choq, dengiz va chuchuk suv T.ida pust bilan qoplangan. Ko’pchilik turlarining inkubasiya davri 2-3 oy (fil toshbakasiniki 6-7 oy). 2-3 y.da jinsiy voyaga etadi. T.ning o’sishi cheklanmagan, faqat voyaga etgan davrida sekinlashadi. Bir necha o’n yil, ba’zan 150 yilgacha yashaydi. Ba’zi T.ning go’shti, yog’i, tuxumi, ba’zan muguz qalqonidan foydalaniladi. Ayrim mamlakatlarda T.ni ko’paytirib boqadigan fermalar bor. O’rta Osiyoda, jumladan, O’zbekistonda cho’l T.i Testudo harsfieldi tarqalgan. Cho’l T.i bahor oylari uyqudan uyg’onadi; o’simlik maysalari bilan oziqlanib, qisman ekinlarga ziyon etkazadi. Issiq yoz va sovuq qishda uyquga ketadi. Kuz quruq kelganida yoz uyqusi qish uyqusiga ulanib ketishi mumqin. T. soni kamayib borayotganligi sababli muhofaza qilinadi. 38 turi va kenja turi xalqaro qizil kitobga kiritilgan.