Galofitlar

Galofitlar (Yun. hals — tuz va hyton — o’simlik) — sho’rlangan tuproqlarda o’sadigan o’simliklar, asosan sho’radoshlar oilasiga mansub turlar kiradi. Tanasi va bargi seret, sertuz, cho’l mintaqasida keng tarqalgan. O’zbekistonda baliqko’z, qizilsho’ra, oqsho’ra va b. o’sadi. G. sho’rlanishi 0,3— 20%o gacha bo’lgan tuproqlarda o’sadi. Kuchli sho’rlangan tuproqlarda o’sadigan o’simliklar obligat g., kam sho’rlangan tuproqsa o’sadigan o’simliklar fakultativ g. deyiladi. Sho’rlangan tuproqlarda tuzlar mikdori ko’p, osmotik bosim yuqori bo’ladi. Tuproqda suvni boshqa (G. bo’lmagan) o’simliklar o’zlashtira olmaydi. Obligat G.ni bargi va poyasi etdor, hujayra tsitoplazmasida tuz ko’p bo’ladigan eugalofitlarga (qorasho’ra, oqsho’ra, sho’rbuta) va to’qimalarida to’planib qolgan tuzlarni maxsus bezlar orqali ajratib chiqarib turadigan kinogalofitlarga ajratiladi.