Gaz termometr

Gaz termometr — t-Rani o’lchash asbobi. Ishi ideal gaz bosimi r yoki hajmi V ning t-raga bog’liqligiga asoslangan: pV=RT (R — gaz doimiysi). T-ra shkalalarini tuzish t-Rani g.t. vositasida o’lchashga asoslangan. G. t.dan xalqaro amaliy t-ra shkalasining reper (tayanch) nuqtalarini aniqlashda birlamchi t-ra asbobi sifatida foydalaniladi. Odatda doimiy hajmli g.t.dan foydalaniladi; unda t-raning o’zgarishi gaz bosimining o’zgarishiga mutanosib yuz beradi. G. t. vositasida t-ra 2 dan 1300 K gacha oraliqda o’lchanadi. Bunda erishish mumkin bo’lgan aniqlik 3-10-3-2-10—z K ni tashkil qiladi.