Gaz singdiruvchanlik

Gaz singdiruvchanlik — bosim oshganda yoki kamayganda jism orqali gaz o’tishiga asoslangan qattiq jism xossasi. Qattiq jism tuzilishi va bosimlar farki kattaligiga qarab, g. s.ning diffuzion oqim, molekulyar effuziya, laminar oqim xillari bo’ladi. Qattiq jismlar (Mae, polimer plyonkalar yoki yopmalar)da g’ovaklar bo’lmaganda G. s.ning diffuzion oqim xili vujudga keladi. Bunda gaz qattiq jism chegara qatlamida erib, diffu-ziyalanadi va jiemningboshqatomonidanajralibchiqadi. G. s.ning molekulyar effuziya xilida gaz jism g’ovaklaridan sizib o’tadi. Bu g’ovaklarning diametri gaz molekulalarining o’rtacha erkin yugurish uzunligi X dan kichik bo’lishi kerak (bosim 10~3-N0~4 mm sim. ust. bo’lganda; 1 mm sim. ust.=133,322 N/m2). Jism g’ovaklarining diametri erkin yugurish uzunligidan ancha katta bo’lganda g. s.niig laminar oqim xili vujudga keladi. Moddaning G. s. koeffisienta/'(m’/s-N yokism2/s-at; 1 sm2/s-at=1,0210-«M4/ s-N) bosim bir birlikka kamayganda jismning gaz oqimiga tik bo’lgan yuza birligi orqali 1 s da o’tgan gaz hajmi b-n tavsiflanadi. Koeffisient R gaz tabiatiga bog’liq.