Gassendi (Gassendi) Per

Gassendi (Gassendi) Per (1592.22.1, Shanterse — 1655.24.10, Pa- Rij) — frantsuz faylasufi, matematigi, astronomi. G. sxolastlar qarashlari va ularning Aristotel ta’limotini sox- talashtirishiga qarshi kurashi hamda De- mokrit-Levkipp atomistik qarashlari, Epikur etikasini targ’ib qilganligi, materialistik sensualizm mavqeida tu- rib R. Dekartning «tug’ma g’oyalar» nazari- yasini tanqid qilganligi uchun iezuitlar tomonidan ta’qib etilgan. G. fikricha, fizika — haqiqatga etish, etika — baxt- saodatga erishish, mantiq — haqiqiy bilimni yanglishishdan farklash yo’lini ko’rsatadi. G.ning ta’kidlashicha, bo’shliq va atomlgr — mavjudlik timsoli. Ma- kon va zamon — cheksiz, ular yo’qlikka yuz tutmaydi. Atomlar Xudo tomonidan yaratilgan, ular goyat darajada ko’p, lekin benihoya emas.