Gumoral patologiya

Gumoral patologiya (lot. humor — suyuqlik) — organism suyuqliklari (qon, limfa, safro, to’qima suyuqligi va b.)ning buzilishi yoki «ay- nishi» barcha kasalliklarning asosiy sababidir, degan qad. nazariya. Gippo- krat, Galen, Abu Ali ibn Sino, para- Tsels va ulardan keyin yashagan bir qator olimlar bu nazariyaning tarafdorlari bo’lishgan. Zamonaviy tibbiyotda bu tu- shuncha qo’llanilmaydi.