Guralash

Guralash — O’zbekiston va toji- kiston Respublikalari chegarasidagi tog’ dovoni. Jizzax viloyatining Jan.da, Zo- min tumani hududida, Turkiston tizma tog’ining markazidagi Zomin tog’-o’rmon davlat qo’riqxonasi chegarasida joylash- gan. Mutlaqbal. 3200 m. Erusti parcha- langan, yon bag’irlari tik. Iqlimi sovuq. O’rtacha yillik yog’in miqdori 700 — 800 mm. Atrofida archazorlar bor. Qishda qalin qor b-n qoplanib yotadi. G.dan Gu- ralashsoy (Sangzor daryosining irmog’i) vodiysi orqali o’tgan so’qmoq yo’ldan may—okt. oylarida piyoda va otda o’tish mumkin.