Gulobi

Gulobi — qovunning kechpishar navlari. Uning jo’jaburun g., qizil G., ko’k g., sariq g., qora g. xillari bor. Jo’jaburun G. urug’idan chiqqandan keyin 100-115 kunda pishadi. Hosildorligi o’rtacha. Shaqli urchuqsimon, uchi to’mtoq, yirik, uz. 32-34 sm, og’irligi 4-6 kg. Sirti burish to’rlagan. Tusi sariq, of- tobga qaragan tomoni yashilroq. Po’sti qattiq. Eti oq, kalinligi 5-5,5 sm, tig’iz, kuvrak, tarkibida 8,1% qand bor. Urug’i yirik, sariq. Asosan Buxo- ro viloyatida eqiladi. Qizil G. urug’dan chiqqandan keyin 100-115 kunda pisha- Di, gektaridan 250-280 ts xrsil beradi. Tashishga va asrashga chidamli, shaqli tu- xumsimon, uz. 26-29 sm, og’irligi 7 kg. Sirti tekis, yashil-sariq. Po’sti qattiq. Etining qalinligi 5-6 sm, oq, tig’iz, tarkibida 9,5% qand bor. Urug’i yirik, sariq. Zarafshon vodiysida va Respubli- kaning Janubiy r-nlarida ko’p eqiladi. Xorazm vohasida ham uchraydi. Ko’k G. urug’dan chiqqandan keyin 110-125 kun- da pishadi. Gektaridan 250-300 ts hosil beradi. Tashishga va saqlashga chidamli. Shaqli cho’ziq, tuxumsimon, uz. 24-30 sm, og’irligi 4-5 kg. Sirti to’rlagan. Tusi xira sarg’ish-yashil. Po’sti qattiq. Eti oq, po’stiga yondosh joyi ko’kish, qalinligi 5-6 sm, tig’iz, tarkibi- da 9,6—11,4% qand bor. Urug’i yirik, sarg’ish-jigarrang. Zarafshon vodiy- si, respublikaning Janubiy r-nlari, Xorazm vohasida, Qoraqalpog’istonda eqiladi. Sariq G. urug’idan chiqqandan keyin 110-120 kunda pishadi, gektari- dan 250-300 ts hosil beradi. Tashishga chidamli, lekin uzoq turmaydi. Shaqli cho’ziq, tuxumsimon. Yirik (45-56 sm), og’irligi 8-12 kg. Tusi yashil-sariq, sirtida och sariq dog’lar bor. Po’sti qattiq, eti oq, qalinligi 5-8 sm, tar- kibida 8,3% qand bor. Urug’i yirik, Ji- garrang. Xorazm vohasida ko’p eqiladi. Qora G. urug’dan chiqqandan keyin 100— 125 kunda pishadi, serhosil, tashishga va saqlashga chidamli. Shaqli tuxumsi- mon. Ba’zan cho’ziqroq, yirik (34-55 sm), og’irligi 12-13 kg. Sirti burish- gan, serto’r, po’sti qattiq. Eti oq, tig’iz, qalinligi 6-7 sm, tarkibida 8,4% qand bor. Urug’i yirik, sariq. Xorazm vilo- yatining Janubiy r-nlarida eqiladi. Botir Azimov.