Goncharov Ivan Aleksandrovich
Goncharov Ivan Aleksandrovich [1812.6(18).6, Simbirsk — 1891.15(27).9, Peterburg] — rus yozuvchisi. Peterburg FA muxbir a’zosi (1860). Moskva un- tini tugatgan (1834). Realistik Pro- za ustasi. Dastlab romantik she’rlar, qissalar yozgan. «Pallada kemasi» ocher- klar turkumi (1855-57)da Osiyo va Ev- ropa xalqlarining turmushi, axloqi va ruhiyati aks etgan. «Oddiy voqea» (1847), «jarlik» (1869) romanlari 19-a. tanqidiy realizmining eng yaxshi namu- nalaridir. Ularda 40-60-y.lardagi rus vokeligi va davrning qayotiy tavsiflari anik, tasvirlangan. «Oblomov» (1859) romanida krepostnoylik munosabatlari mahsuli bo’lgan «oblomovchilik» Danga- salik, qoloqlik ramzi ekanligini, uning chuqur ijtimoiy va realistik mohiyatini ochib berdi. «Zamon zayli» romani o’zbek tilida nashr qilingan (1984).