Gidroliz sanoati

Gidroliz sanoati -o’simliklar va ularning chiqitlaridan turli or- ganik birikmalar ishlab chiqaruvchi sanoat tarmog’i. Yog’och (qipig’i) yoki q. x. chiqindilari (makkajo’xori so’tasi, kungaboqar po’chog’i, shulxa, g’o’zapoya va sh. k)ni gidroliz qilinganda uglevod qismi suv va issiqlik ta’sirida hamda katali- zatorlar (mineral kislota va b.) ishti- rokida qand moddasiga aylanadi. Hosil bo’lgan qand moddasi (glyukoza, monoza va b.) bijg’itilib, undan har xil spirt olinadi. Gidroliz vaqtida qand modda- lari b-n birga furfurol, furan, turli organik kislotalar (mas, sirka, limon kislotasi va b.), oqsil-vitaminli em qo’shimchasi (drojji) kabi mahsulotlar hosil qilinadi. Hozirgi zamon tex- nologiyalari asosida ishlab chiqarish yo’nalishlariga qarab gidroliz usuli b-n 1 t quruq yog’och va q.x. chiqindilaridan chorva uchun 220 kg oqsil-vitaminli aralash em qo’shimchasi yoki 35 kg oqsilli qo’shimcha va 175 l etil Spir- ti yoxud 105-110 kg oqsilli qo’shimcha va 70-80 kg furfurol olish mumkin. O’zbekistonda Andijon gidroliz zdi 1953-94 y.larda ishladi (q. Andijon biokimyo zavodi), Farg’ona sh., Toshkent viloyatida (Yangiyo’l sh.) gidroliz z-dlari bor (2001). Ularda etil spirti, furfu- rol, ksilit, oqsil-vitaminli qo’shimcha, trioksiglutar kislota va b. mahsulotlar ishlab chiqariladi. G. s. chet mamla- katlardan AKSH, Germaniya, Frantsiya, RF, Vengriya, Polshada rivojlangan. Risqivoy Yoqubov.