Geokimyoviy qidirish

Geokimyoviy qidirish — li- tosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferada kimyoviy elementlarning tarqalish qonuniyatlarini o’rganishga asoslangan foydali qazilma konlarini topish metodlari. Geologik qidirish maqsadida o’rganilayotgan moddalarning xususiyatiga ko’ra g. q. litokimyoviy, gi- drokimyoviy, atmokimyoviy (gazli) va bio- kimyoviy metodlarga bo’linadi. Tog’jin- slari, tuproq, tabiiy suvlar, er Atmosfe- rasi va o’simliklarda kimyoviy element- larning konlardan uzoqlashgan joylar- dagi o’rtacha miqsori (Klark soniga yaqin) geokimyoviy muhitni anglatadi. Foydali qazilma koni yakinida kimyoviy element- larning mikdori ko’p bo’lib, geokimyoviy anomaliyani hosil qiladi. Geokimyoviy anomaliyalar konlar hosil bulishida Vu- judga kelgan birlamchi va ularning Emi- rilishidan hosil bo’lgan va ikkilamchi elementlar sochilish doirasidan iborat bo’lib, kon borligidan darak beradi. G. q. tekshirilayotgan joydagi tog’jin- slaridan ma’lum tartib buyicha na- munalar olib, ulardagi elementlarni muntazam ravishda aniqlash orqali ba- jariladi. G. q.dan rudali konlarni iz- lashda ko’proq foydalaniladi. Bunda G. qlardan eng muhimi litokimyoviy s’yom- ka, ya’ni tog’jinslari va ularning Nura- gan mahsulotlaridan ko’plab namunalar olishga asoslangan. Bu metod asosida no- dir metallar va oltinning ko’p konlari topilgan. Gidrokimyoviy metod er usti va osti tabiiy suvlaridan quruq cho’kindi hosil qilib, keyinchalik uni spectral yoki kimyoviy analiz qilib tarkibini o’rganishga asoslangan. Atmokimyoviy metod uglevodorodli gazlar miqdorini tuproqdagi havoda yoki tog’jinslari namunasida aniqlashga mo’ljallangan. Biokimyoviy metod o’simliklarning kimyoviy tarkibini ulardan kul hosil qilib tekshirishdan iborat. G. q. natijasida foydali qazilma konlarining element-indikatorlari miqdorini tasvirlovchi xarita va chizma- lar tuziladi. Ular asosida geologik ma’- lumotlarni inobatga olib aniqlangan geokimyoviy anomaliyalari talqin qilinadi. G. q. metodlarini rivojla — Nishida O’zbekistonda S. T. Badalov, R. Tolipovlar uz hissalarini qo’shdilar. Siyrak va Nodir elementlar konlarini qidirishda g. q.dan keng foydalaniladi.