Geografik muhit

Geografik muhit — tabiatiing insoniyat jamiyati mavjud bo’lgan, odam- ning butun hayoti va i. ch. faoliyati ro’y beradigan qismi. Inson o’ziga kerak bo’lgan barcha narsa — suv, havo, oziq- ovqat, turar joy va b. qurilishlar uchun zarur bo’lgan materiallar, butun sanoat uchun xom ashyolarni g. m.dan oladi. Ja- miyat rivojlanib borgan sari g. m. do- irasi o’zgarib, kengayib boradi. Jamiyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida kishilar aso-san hayot uchun zarur tabi- iy manbalar (yovvoyi usimlik mevalari va hayvonlar, unumdor tuproq va h. k.) dan foydalangan. Keyinchalik ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishi b-n ta- biiy boyliklar (metall, yog’och, issiqlik manbalari va h. k.) mehnat vositalariga aylanib, ahamiyati orta boradi. G. m. ja- miyat taraqqiyoti va farovonligining do- imiy, zarur shartlaridan biri, u mehnat taqsimotiga va i. ch. Tarmoqlarining to’g’ri joylashtirilishiga faol ta’sir ko’rsatadi. Chunonchi, O’zbekistan iqpimi issiq va tuprog’i unumdor bo’lgani uchun o’zbeklar kadimdan paxtachilik va bog’dorchilik b-n, qozoqlar esa qulay yay- lovlarga ega bo’lganligi uchun chorvachilik va g’allakorlik b-n shugullanib kelmoqda. Keyingi davrda er osti boyliklarini o’zlashtirish ham salmoqli o’rin egalladi. G. m. kishilarning madaniyati, ruhiy holati, turmushi, urf-odatlariga, kiyi- nishiga ham ta’sir ko’rsatadi va bular- ning tarkib topishida katta ahamiyat kasb etadi. O’z navbatida jamiyat ham g. m.ga ta’sir ko’rsatadi. Kishilarning tobora o’sib boradigan ehtiyojlarini qondirish uchun tabiatiing yangi hududlari va b. tabiiy boyliklari xo’jalikka jalb qilinadi. Insonning ta’siri oqibatida G. m. ancha o’zgaradi. Mac, cho’llarda vohalar vujudga keldi, dashtlar ekin da- lalariga aylantirildi, bir necha o’nlab suv omborlari qurildi, quritilgan botqoqliklar o’rnida o’tloklar paydo bo’ldi. Bular mahalliy iqlimga ham ta’sir ko’rsatadi. Chunonchi, vohalarda havo t-rasi kunduzi atrofdagi cho’ldan 4-5° past, tunda esa yuqori bo’ladi. In- son g. m.dagi hayvonlar va o’simliklarga ham kuchli ta’sir ko’rsatadi. Ayrim turlar yo’qoladi, yangi turlar vujudga keladi. Qurilgan suv omborlari Daryo- lar oqimini o’zgartirib yuboradi. Bun- Day o’zgarishlar texnogen (antropogen) o’zgarishlar deyiladi. Inson G. m.ga yoki uning biror elementiga ta’sir etayot- ganda uning keltirib chiqarishi mum- kin bo’lgan salbiy oqibatlarni yaxshi- lab o’rganishi zarur. Aks holda salbiy o’zgarishlar g. m.ga ham, insonga ham kat- ta zarar etkazishi mumkin. G. m. inson faoliyati ta’siridan tashqari tabiiy jarayonlar ta’sirida ham o’zgaradi. Bu- lar ko’pincha davriylik xususiyatiga ega. Inson bularni chuqur o’rganishi va hayot faoliyatida doim nazarda tutishi kerak. Fotixkamol G’ulomov.