GEOGRAFIK UZOQ SHAKLLARNI DURAGAYLASH

GEOGRAFIK UZOQ SHAKLLARNI DURAGAYLASH — har xil Geo- grafik tur, turkum va ulardan yuqori taksonomik birliklarga mansub bo’lgan o’simliklarni chatishtirish; duragaylash turlaridan biri. G. u. sh. D. tur ichida, turlararo va turkumlararo duragaylash- ga bo’linadi.Tur ichida g.u.sh.D. — bir tur miqyosida ekologik-geografik uzoq navlarni yoki turning madaniy va yovvoyi vakillarini chatishtirishdan iborat. Bu duragaylash kongruent (ota-onalar bir xil genomga ega) chatishtirishga kiradi (nusxalarni chatishtirish oson bo’ladi va olingan duragaylar nael beradi). Bundam duragaylashdan q. x. ekinlari selektsiyasida navlarning kasalliklarga chidamli va b. qimmatli xo’jalik belgi- larini yaxshilash ishlarida foydalani- ladi. Chunonchi bir yillik Peru go’zasini Perudan olingan ko’p yillik g’o’za b-n chatishtirib ingichka tolali g’o’zaning fuzarioz viltga chidamli navlari yara- tilgan. Meksika g’o’zasi navlarini uning yovvoyi kenja turi — meksikanum Nervo- zum b-n chatishtirib, vertisillyoz vilt- ga chidamli Toshkent navlari yaratilgan. Turlararo G. u. sh. D. har xil turga mansub o’simliklarni chatishtirish, yangi nusxa- lar olishda muhim manbadir. Bu usul ma- Daniy o’simliklar selektsiyasida samara- li qo’llaniladi. Bug’doy, kungaboqar, kar- toshka, tamaki, g’o’za va b. ekinlarning ku- plab navlari shu usulda yaratilgan. Tur- lararo duragaylash inkongruent (ota-ona nusxalar xromosomalari yig’indisining mos kelmasligi, ular sonining har xil- ligi yoki tsitoplazmaga bog’liq bo’lgan ta- fovutlar mavjudligi) chatishtirishlar guruhiga kiradi va bunday duragaylash- da (genetik va fiziologik nomutanosi- blik tufayli) urug’kam hosil bo’ladi. Bu hodisa negizida ko’payish organlari tu- zilishidagi nomuvofiqliklar tufayli chang naychalari b-n urug’chi tumshuqchasi to’qimasining nomutanosibligi, tur- larning taraqqiyoti jarayonida xro- mosomalar strukturasining o’zgarishi va genetik nomutanosiblikning ke- lib chiqishi, rivojlanishining turli bosqichlarida murtakning nobud bo’lishi singari turli-tuman sabablar yotadi. Turkumlararo G. u. sh. D. — bir oilaga mansub ayrim turkumlar vakillari cha- tishtiriladi. Duragay uruglar olish usullari ishlab chiqilmagani sababli g. u. sh. D.ning bu xili o’simliklar selektsi- yasida qo’llanilmaydi (q. Duragaylash). Sultonmurod Norimov.