Termiz universiteti

Termiz universiteti — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy o’quv yurti. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan 1992 y. 15 martda Termiz pedagogika inti (1955 y.da asos solingan) negizida Termiz sh.da tashkil etilgan. Untda 14 ft (fizikamat., tabiiyotgeogr., iqtisodiyot, moliyamenejment, kimyo, o’zbek va rus Filol.si, tarix, xorijiy tillar, industrialped., jismoniy madaniyat, ped. va musiqa, muhandistexnika, ijtimoiygumanitar fanlar, mutaxassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash), 48 kafedra, 30 dan ortiq ilmiy va o’quv lab., 4 kompyuter sinfi, 2 akademik lisey, biznes maktabi,50 o’rinli sanatoriyprofilaktoriy, sport majmuasi, milliy ansambl va yosh tomoshabinlar teatri, «Tabassum» Quvnoklar va zukkolar klubi, Internet tarmog’iga ulangan 3 kutubxona (300 mingdan ortiq asar), 3 qiroatxona bor (2004). Untda 27 ixtisoslik [kasb ta’limi (sohalar bo’yicha), musiqiy ta’lim, milliy istiklol g’oyasi, huquq va ma’naviyat asoslari, boshlang’ich ta’lim va tarbiyaviy ish, maktabgacha ta’lim, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat, kasb ta’limi (ijtimoiyiqtisodiy soha), kasb ta’limi (kimyoviy texnologiya va biotexnologiya), kasb ta’limi (qishloq xo’jaligi. mahsulotlarini ishlab chiqarish., dastlabki ishlov va saqlash texnologiyasi, Agroinjeneriya), Filol., o’zbek tili, ingliz tili, nemis tili, rus tili, tarix, psixologiya, iktisodiyot, menejment, moliya, biol., fizika, geogr., kimyo, mat., amaliy mat. va informatika, transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash, agrokimyo va agrotuproqshunoslik, ekologiya va tabiatdan foydalanish] bo’yicha mutaxassislar tayyorlanadi. 6 mutaxassislik bo’yicha aspirantura faoliyat ko’rsatadi. 2002/03 o’quv yili untda 6700 talaba ta’lim oldi, 536 o’qituvchi, jumladan, 26 fan dri va prof., 152 fan nomzodi va dosent ishladi. Unt Rossiya, Frantsiya, GFR, Yaponiya, Gollandiya, Polsha, Ukraina, Avstriya, Bolgariya, Belorussiya, Qozog’iston, Ozarbayjon olimlari bilan ilmiy hamkorlik qiladi. Unt faoliyati J. Omonturdiev, Sh. Samatov, X. Rahmonqulov, B. Qodirov, A. Abdullaev, Q. Jo’raev, U. Umarov, J. Esanov, X. Xudoyberdiev, S. Tursunov va b. prof. o’qituvchilar nomi bilan bog’liq. Untda «Termiz universiteti» gaz. nashr etiladi. 2004 y. gacha unt 27 mingdan ortik, mutaxassis tayyorladi.