Termiz-Shibirg’on-Hirot avtomobil yo’li
Termiz-Shibirg’on-Hirot avtomobil yo’li — O’zbekistonni Afg’onistonning Hirot sh. bilan bog’laydigan qattiq qoplamali yo’l. Taxminan mil. AV. 5-a.lardan karvon yo’li tarzida paydo bo’lgan. Hoz. davrda xalqaro magistral yo’llar tizimida A—76 tituli berilgan. Yo’lning Termizdan Hirotgacha umumiy uz. 854 km. O’z yo’nalishida Mozori Sharif, Balx, Temurok, oqcha aholi punktlari orqali Shibirg’on sh.ga, undan Andxoy, Maymana, Bolamurg’ob, Qal’ai Nov aholi punktlari orqali Hirot sh.ga boradi. Yo’l qatnov qismining kengligi 8-10 m ni tashkil qiladi. Yo’lning Termizdan Mozori Sharif, Shibirg’ongacha bo’lgan qismi tekislik va cho’l zonasi bo’ylab, Andxoygacha qum barxanliklari oralab, Andxoydan Qal’ai Novgacha tog’oldi va tog’liklardan o’tib, Hirotgacha tekisliklardan o’tgan. Hirotdan T.Sh.H.a.y.ning davomi bo’lgan Karochi, Choxbahr, Bandar Abbos dengiz portlariga eltuvchi avtomobil yo’llari boshlanadi. Hirotdan Karochigacha bo’lgan qismi qattiq qoplamali, uz. 1485 km. Hirotdan Bandar Abbos dengaz portigacha bo’lgan yo’l (uz. 1858 km), Hirotdan Choxbahr dengiz portigacha bo’lgan yo’l ham qattiq qoplamalidir (1740 km ni tashkil qiladi). So’ntti o’tgan chorak asr davomida Afgonistondagi urushlar oqibatida ushbu yo’lning ayrim kismlari, jumladan Shibirgondan Hirotgacha qismi ta’mir talab bo’lib qolgan. Portlarga keltiriladigan barcha xalqaro va mahalliy yuklar shu yo’llar orqali tashiladi. Tohirjon Mirzaev.