Termorostlagich

Termorostlagich — xona, pech va b.dagi Trani birday tutib turadigan qurilma. Chiziqli, hajmiy, termoelek-trik xillari bor. Chiziqli T.dagi datchikning ishi sezgir element uzunligi traga bog’liq ravishda o’zgarishiga asoslangan (q. Dilatometr). Hajmiy T.ning eng oddiysi simobli kontakt termometrdan iborat. Bunda simob muayyan traga etgach, ijrochi mexanizm elektr zanjirini ulaydi. Datchikli ter moele ktri k T., odatda, termorezistorlar yoki termoparalar ko’rinishida bo’lib, o’lchash ko’priklari va potentsiometrlar bilan birgalikda ishlaydi. T.lar avtomatik rostlash tizimiga kiradi.