Termokimyo

Termokimyo — kimyoviy termodinamikaning bir bo’limi. Kimyoviy reaktsiyalar jarayonida issiklik effektini o’lchash yoki hisoblash, moddaning agregat holati o’zgarishi bilan bog’liq fizikkimyoviy jarayonlar, suyulish, erish, suyultirish va b.ni tadqiq qiladi. T. fizikkimyoviy sistemalarning issiklik sig’imini va ularning haroratga bog’liqligini ham miqdoriy jihatdan o’rganadi.T.da issiqlik sig’imi, yonish issiqligi, entalpiya, entropiya, izobari zotermik potentsial kabi kattaliklar qo’llanadi. Ulardan kimyotexnologiya jarayonlarining issiklik muvozanatini hisoblashda foydalaniladi. T.ning amaliy usuli — kalorimetriya. Reaktsiyalarning tezligini aniqlashda moddalarning energetic xususiyatlarini bilish, shuningdek, birikmalarning tuzilishini hisobga olish muhim. Reaktsiyalarning issiklik effekti yoki issiklik sig’imini o’lchashda kalorimetriyadan foydalaniladi. Reaktsiyada ajralib chiqayotgan yoki yutilayotgan issiklik miqdori ifodalangan kimyoviy tenglamalar termokimyoviy tenglamalar deyiladi. T.da gomogen (bir jinsli) va geterogen (har xil jinsli) sistemalar ma’lum bo’lib, bular bitta yoki bir necha fazalardan tashkil topadi. Gomogen sistemata azot bilan kislorod gazlari aralashmasi, geterogen sistemata. esa suv bilan muzning aralashmasi yoki havo (atmosfera)dagi kumir va oltingugurt zarralarining aralashmasi misol bo’la oladi. So’nggi sistema 3 fazadan — 2 ta qattiq va 1 ta gaz fazasidan iborat. T. ga g. I. Gess asos solgan. U 1840 y. termokimyoviy hisoblarga asoslangan printsipni e’lon qiladi, keyinroq mazkur printsip Gess konuni nomini oladi. Ba’zi reaktsiyalarning issiklik effektini to’g’ridanto’g’ri o’lchash imkoni yo’qligi yoki qiyinligi tufayli ularni Gess qonuni yordamida aniklanadi. T. 20-a.ning 2yarmida kvant kimyosi, zanjir va yadro reaktsiyalari tasavvurlari bilan boyidi, reaktsiyalar issiklik effekti mutlaq nolga yaqin haroratlardan bir necha ming darajaga bo’lgan oraliqlarda o’lchanilishiga erishildi. Biologik jarayonlar radiokimyoviy hodisalar, kosmik va yulduzlararo masofalardagi reaktsiyalardan olingan ma’lumotlar T.ning rivojlanishiga olib keldi. T. krnuniyatlari texnologik jarayonlarning issiklik muvozanatini hisoblashda qullanib, kimyo sanoatida maqbul sharoitlarni aniqlashga yordam beradi. Ad.: Dikerson R., Grey G., Xeyt Dj., Osnovnie zakono’ximii, t. 1 i 2, M., 1982; Karapetyans M. X., Drakin S. I., Obhaya i neorganicheskaya ximiya, M., 2000. Qudrat Axmerov.