Transliterasiya

Transliterasiya (trans… va lot. littera — harf) — bir grafik tizim (alifbo) asosida yozilgan matnlar yoki alohida so’zlarni boshqa bir grafik tizim (alifbo) vositalari bilan xdrfmaharf aks ettirish. Transkripsiyaaln farmi ravishda T. muayyan tilning grafik tizimiga asoslanib ish ko’radi. Bironbir alifboga asoslanar ekan, T. harflarni shartli qo’llashga, qo’shimcha hamda diakritik belgilar kiritishga yo’l qo’yadi. T. dastlab 19-a.da Prussiya ilmiy kutubxonalaridagi lotin, Kirill, Arab, hind va b. yozuvli tillarda yozilgan asarlarni yagona katalogga kiritish ehtiyojidan kelib chiqqan. Ushbu kutubxo — nalar uchun tuzilgan yo’riqnomalar 20-a. da lotincha bo’lmagan yozuv gizimlarini lotinchaga o’girish andozasining asosi bo’lib xizmat qildi. Hoz. T.ga oid tavsiyalar xalqaro standartlar tashkiloti — ISO (International Standart Organisation) tomonidan ishlab chiqiladi. T. o’zining universalligi tufayli ko’p tomonlama xalqaro munosabatlarda amaliy masalalarni hal qilishning yagona standarti bo’lib xizmat qilishi mumkin. T.ni amaliy transkripsiyadan fark,lash kerak. T. xalqaro bo’lishi mumkin va bo’lishi kerak, chunki u bironbir milliy alifboga asoslanmaydi, amaliy transkripsiya esa bironbir belgili alifboga, uning harf va harf birikmalarini tegishli imloda qabul qilingan o’qish qoidalariga tayanadi. T. qad. qo’lyozma yodgorliklar, jahon xalklari tarixi, tili va adabiyotini o’rganishda muhim ahamiyatga ega.