Toriy
Toriy (lot. Thorium), Th — Mendeleev davriy sistemasining aktinoidlar turkumiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 90, at. m. 232,0381. Tabiiy radioaktiv element; radioaktiv qatorlarnnt 1elementa. Tabiiy T. bitta uzok, mavjud bo’luvchi izotop 232Th(T1/2ql,411010 y.) va 4 ta qisqa muddat mavjud bo’luvchi izotop 234Th, 23oThi 23iThj 227Th dan iborat. T.ni Ts.Ya.Berselius 1828 y.da Norvegiyadagi sienitlarning biri tarkibida topgan. Element Skandinaviya afsonasidagi momaqaldiroq xudosi — tor nomi bilan atalgan. T. tabiatda lantanoidlar bilan birga monasit qumida, uran rudalarida va tsirkoniy minerallarida uchraydi. Monasit (Se, La, Th) PO4 da toriy (1U) oksid ThO2 ning mikdori 2-2,5% (ba’zan bundan ortiq), torit, ya’ni toriy silikat ThSiO4 tarkibida 77%, torianit minerali (Th,U)02fla 45-93%. T. Er po’stining massa jihatidan 8104% ni tashkil qiladi. T. kumushsimon oq metall, zichligi 11,72 g/sm3. Suyuklanish trasi 1750°, qaynash trasi 3500-4200°. T. sovukda deformasiyalanadigan plastik metall, odatdagi trada oz oksidlanadi; qaynoq suv ta’sirida sirti yupqa himoya parda bilan qoplanadi. T.ga suv bug’i ta’sir etganida ThO2 va vodorod hosil bo’ladi. Kislotalarda T. suet eriydi, ishqorlarda erimaydi. Yuqori trada galogenlar, kislorod, oltingugurt, azot va uglerod bilan shiddatli reaktsiyaga kirishadi. T. vodorodni yutish xossasiga ega, u o’z birikmalarida, asosan, 4 (ba’zan 2,3) valentli bo’ladi. T. olishda asosiy xom ashyo monasit kontsentrat hisoblanadi. Monasit kontsentrat olish uchun esa monasit mineralini 200° da kontsentrlangan sulfat kislota yoki natriy gidroksid bilan reaktsiyaga kiritiladi. Monasit kontsentratni ishqor bilan ishlash natijasida toriy gidroksid Th(OH)4 va lantanoidlar cho’kmaga tushadi. T. turli va maxsus usullar bilan lantanoidlardan ajratiladi. Metall holdagi T. olish uchun toriy (1U)ftorid (ThF4) dan foydalani — ladi. Uni metall holdagi kaltsiy bilan qaytarish yoki suyuklantirilgan natriy xlorid bilan kaliy xlorid aralashmasida eritib elektrolizlash natijasida T. olinadi. T., asosan, yadro texnikasida ishlatiladi, chunki tabiiy T. ni neytronlar bilan bombardimon qilganda uran233 ga aylanadi. Bu uran esa uran235 va plutoniy239 bilan bir qatorda yadro yoqilg’i hisoblanadi. Undan tashqari, nikel, kobalt, mis va temir qotishmalariga oz miqdor T. qo’shilganida qotishmalar mustahkamligi ortadi. Bu qotishmalar reaktiv dvigatellar, boshqariluvchi snaryadlar, elektron va radar qurilmalarining detallarini ishlashda qo’llanadi. ThO2 — olovbardosh material. T. o’simlik va hayvonlar to’qimasida doim bo’ladi. T., asosan, jigar, taloq, ilik, limfa va buyrak usti bezlari orqali singiydi. Odam bir sutkada oziq-ovqat mahsulotlari va suv bilan 3 mkg T. oladi. T. organizmdan siydik va axlat bilan chiqib ketadi. T. uncha zaharli emas, lekin radioaktiv element bo’lganligidan organizmni nurlashi mumkin.