Toshkent Islom instituti

Toshkent Islom instituti, Imom alBuxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti — oliy diniy o’quv yurti. 1969 y. tashkil etilgan. 1971 y. okt.dan faoliyatini boshlagan. O’zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida. Dinlar tarixi va nazariyasini chuqur egallagan, Islom dini asoslarini o’zlashtirgan, Arab tilida so’zlasha oladigan mutaxassislar tayyorlaydi. Darslar o’zbek va Arab tillarida o’qitiladi. Ingliz, fors va rus tillari ham o’rgatiladi. Respublikamiz istiqloliga qadar sobiq Ittifokda yagona oliy Islom o’quv yurti bo’lgan, unda Zakavkaze, shim. Kavkaz, SSSR ning Evropa qismi va Sibir, O’rta Osiyo va Qozog’iston musulmonlari diniy idoralari uchun diniy xodimlar tayyorlangan. 2003y.O’zR Vazirlar Mahkamasi karori bilan int bitiruvchilariga bakalavr diplomi beriladi. Intda 130 talaba tahsil oladi (2004).