Tok kesish
Tok kesish — tokning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligini tartibga solib turish uchun har yili amalga oshiriladigan agrotexnik tadbir. T.k. parvarishni engillashtiradi, yorug’lik va issiqlikdan o’simlikning to’la foydalanishini ta’minlaydi, ildiz bilan er ustki qismining o’zaro mutanosibligini tartibga soladi. Tokka tegishli shakl berish maqsadida o’tqazilgan yilidan boshlab xar yili kesiladi. Tok tuplarida novdalar etarli bulmasa, g’ovlab ketadi, yaxshi pishib etilmaydi, hosil va uning sifati pasayadi, keragidan ortiq qoddirilsa, ular suet usadi, hosil kam va sifatsiz bo’ladi, kasalliklarga chalinadi. T.k. qoidalari: novda qancha yo’gon bo’lsa shuncha uzun qoddiriladi va aksincha. Novda kurtak ustidan qarshi tomonga qiya kilib kesiladi; zang, madang yoki novda butunlay olib tashlanaetganda asosga taqab (to’nkacha qoldirmasdan) kesiladi; hosil bergan bulturgi novda olib tashlanib, o’rinbosar novdadan o’sib chiqqan ikkita novdaning ustkisi hosil, pastkisi urinbosar novda sifatida kesiladi; kuchli usuvchi tok navlarida har ikki hosil novdaga bitta 3-4 kurtakli o’rinbosar novda qoldiriladi; o’rinbosar novdadan yangi novda chiqmasa yoki o’sgani nimjon bo’lsa, hosil beradigan novda bulturgi eng pastki novdadan shakllantiriladi. Tokka kup zangli elpig’ichsimon shakl be-rishda har bir tupda 4-6 ta ko’p yillik zang qoldiriladi. Vinobop uzum navlari zangini 6-8 y., xo’raki uzum navlari zangini 10-12 y.da astasekin almashtirib turiladi. Har bir tok tupida er sharoitiga qarab, nechtadan kurtak (ko’z) qoldirib kesish katta ahamiyatga ega. Mas., kuchli o’sadigan tok navlari (Nimrang, Husayni, Toifi, qora kishmish va b.) so’rilarda o’stirilganda bir tupida 400500 ta, ishkomlarda 300350 ta, simbag’azlarda 150— 200-250 tagacha kurtak krldirib kesiladi. Har bir hosil beradigan novdada esa tok naviga qarab 5-15-20 tagacha, o’rinbosar novdalarda 1-4 tagacha kurtak qoldiriladi. Tok qishda ko’miladigan mintaqalarda bahorda ochish paytida singan yoki qishda sovuq urgan novdalar o’rnini to’latish uchun 15-20% ortiqroq kurtak qoldiriladi. .T k.da 1, 2, 3 yoshli toklarni kesish qoidalariga amal qilish lozim. To’g’ri shakl berilgan tok 4yili to’la hosilga kiradi. O’zbekistonda kup zangli elpig’ichsimon shakl keng tarqalgan. Tuplarga ko’chati ekilayotgandayoq shakl berish e’tiborga olinadi. Shakl berishda kesish, o’tgan yilgi va shu yilgi novdalarni suyanchiqlarga bog’lash, chilpish va ortikcha novdalarni olib tashlash muhim ahamiyatga ega. Jamoliddin Fayziev.