Tekislik
Tekislik — geometriyanpnt asosiy tushunchalaridan biri. Geometriyada T., odatda, ta’riflanmaydigan (ya’ni nuqta, to’g’ri chiziq kabi) boshlang’ich tushuncha hisoblanib, uning xususiyatlari bilvosita geometriya aksiomalari bilan ifodalanadi. Mac, ikki nuqtasi biror tekislikda yotgan to’g’ri chiziqning o’zi ham shu tekislikda yotadi; bir to’g’ri chiziqda yotmagan uchta nuqta orqali bitta tekislik o’tadi; fazoda berilgan ikki nuqtadan teng uzoklikda turgan nuqtalar to’plami T. bo’ladi. Oxirgi aksioma masofa tushunchasiga asoslangan bo’lib, N.I.Lobachevskiy uni T.ning ta’rifi sifatida qabul qilgan. G.V.Leybnis T.ni ikkita kongruent ajratish mumkin bo’lgan sirt deb ta’riflagan. Ammo bu xossa T.ni to’la aniqlamaydi, chunki yasovchisi sinusoida yoki arrasimon muntazam cheksiz siniq chiziq bo’lgan tsilindrik sirt ham shunday kongruent qismlarga bo’linadi.