Tenzometr

Tenzometr — kJ (kuch) tushadigan inshoot elementlari va mashina qismlarida vujudga keladigan deformasiyalar (shakl o’zgartirishlari) ni o’lchaydigan asbob. Deformasiyaning qiymati va elastiklik moduli (qattiq jismning qayishqoqligini ifodalovchi ko’rsatkich) ma’lum bo’lsa, materialda hosil bo’ladigan zo’riqishlarni aniqlash mumkin. T.ning mexanik va electron turi bor. Mexanik T. richaglar (pishang) tizimidan iborat; uning uchi o’tkir oyoqlari deformasiya l anuvch i jismga tayanadi; jism uzayganda richaglar harakatga kelib, o’lchov milini buradi; mil deformasiya mikdorini ko’rsatadi. Elektron T.lar tekshirilayotgan detalga o’rnatilgan tenzodatchik (uzatkich)lardagi elektr tokining o’zgarishiga asoslanadi. Tenzodatchik sim yoki zarqog’ozdan yasalgan panjara yoki yarimo’tkazgichdan tayyorlangan plastinadan iborat. Tenzodatchik qatgiq jismlarning mexanik deformasiyasini elektr signallarga o’zgartiradi va shu yo’l bilan deformasiyaning mikdori aniklanadi.