Tog’ qulashi

Tog’ qulashi — katta hajmdagi tog’jinslari massasining uzilishi, yon bag’ir bo’ylab qulab tushishi. Tik (45— 50°) tog’yon bag’irlari, dengiz qirg’oqlarida, Daryo vodiylarida sodir bo’ladi. Tog’jinslarining nurashi, er osti va yuzasidagi suvning harakati, gravitasiya ta’sirida vujudga keladi. T.q. ko’p hollarda zilzilalar, qurilishlar, konchilik ishlarida texnika nazoratiga amal qilmaslik oqibatida kelib chiqadi. T.q. paytida turli o’lchamdagi tosh bo’laklari to’satdan pastga qulab, toshlar uyumini hosil qiladi. T.q. natijasida Daryo vodiylari to’silib qolib, ko’llar vujudga keladi. 1911 y.da Murg’ob daryosida yirik Usoy T.q. sodir bo’lgan. Natijada bal. 700-800 m keladigan tabiiy to’g’on va Sarez ko’li vujudga kelgan. T. q.ni o’rganish va oldindan aytib berish tog’li o’lkalarda turli qurilishlar olib borishda amaliy ahamiyatga ega.