Telegraf stantsiyasi

Telegraf stantsiyasi — abonentlar yoki aloqa muassasalari orasida telegraf aloqann ta’minlaydigan stya; telegraf tarmog’inmng tarkibiy qismi. Telegraf aloqa kanallarini kommutasiyalash (o’zgartirish, uzibulash) va telegraf xabarlarini kommutasiyalash T. s.lari bo’ladi. T.s.ning abonent telegraflash, to’g’ri (bevosita) ulanadigan, birlashtirilgan va xabarlarni uzatish uchun mo’ljallangan turlari bor. T.eda mahalliy va shaharlararo telegraf aloqa o’rnatiladi. Abonentlarni ulash, xabarlarni uzatish va qabul qilish operasiyalari asosan avtomatik tarzda (ba’zi T. s.da qo’lda xam) bajariladi. T.e. elektron hisoblash mashinalari (kompyuterlar) asosida ishlaydi. T. e. jihozlari: telegraf apparatlari, avtomatik kommutasiya qurilmalari, ko’p karrali ulabuzgichlar, telegraf aloqa kanallarini muvofiqlashtirish qurilmalari, signallar datchiklari, telegraf xabarlarni jamlovchilar, nazorato’lchash asboblari, avariya va operativ signalizasiya asboblari va b. O’zbekistonda T.s.lari Toshkent, Nukus sh.larida va barcha viloyatlarning markazlarida bor. Ularning ishini «O’zbektelekom» aktsiyadorlik kompaniyasi muvofiqlashtirib turadi.