Tel-Aviv
Tel-Aviv — Isroilning bosh shahri va madaniy markazi. Kattaligi bo’yicha Quddus sh.dan keyin 2o’rinda. Iqlimi subtropik iqlim, yanv.ning o’rtacha trasi 12°, iyulniki 25°. Yillik yog’in 600 mm. Aholisi 364,3 ming kishi (2003, shahar atrofi bilan 1,14 mln. kishi). Transport yo’llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. O’rta dengiz bo’yidagi port, chetga olmos, to’qimachilik buyumlari, kiyimkechak, elektronika va diniy buyumlar chiqariladi. T. A.ga 1909 y.da Evropadan kelgan yahudiy immigrantlar tomonidan Yaffa sh.dan shimolrokda asos solingan. 1948-50 y.larda mamlakat poytaxti bo’lgan. Poytaxt Quddusga ko’chirilgan bo’lsada, ko’pgina hukumat muassasalari, xususan, Mudofaa vazirligi ham T.A.da. T. A. — mamlakatning moliya va sanoat markazi. Isroildagi yagona fond birjasi va uning banklari hamda sugurta kompaniyalari, mamlakat sanoat korxonalarning 50% T.A.da joylashgan. Sanoatining etakchi tarmoqlari: metallsozlik, to’qimachilik, elektronika. Shuningdek, mashinasozlik, kimyo, farmasevtika, oziq-ovqat, poligrafiya, ko’npoyabzal sanoatlari ham rivojlangan. Qurilish materiallari, mebel ishlab chiqariladi. Olmosga sayqal berish korxonalari mavjud. Hunarmandchilikda diniy buyumlar tayyorlanadi. 2 unt, Isroil davlat filarmoniyasi, muzeylar, teatrlar, kutubxonalar va ilmiy jamiyatlar bor. Turizm rivojlangan.